Vatanimiz tarixidagi 8 avgust sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1875 yil (bundan 150 yil oldin) – adabiyotshunos olim Sharif Yusupovning qayd etishicha, Rossiya imperatori va’dalariga ishonib Toshkentga kelgan Qo‘qon xoni Xudoyorxonni Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman qabul qildi. Bu uchrashuv tafsilotini tarixchi Akmal Akram quyidagicha bayon qiladi: 

“Kaufman allaqachon Xudoyorxonning qismatini hal qilib bo‘lgan edi. Unga yotig‘i bilan uning holati juda ayanchli tus olganini, xonning Qo‘qonga qaytib borishi mumkin emasligini, shuning uchun Rossiyada qolib, davlatdan nafaqa olib, qolgan umrini shod-xurram o‘tkazishni unga maslahat beradi. Lekin xon bu taklifga keskin rad javobini berib, mustaqil davlat hukmdori ekanligini va faqatgina rus imperatori bilan gaplashmoqchi ekanini aytadi. Suhbatni davom ettirish mumkin emasligini tushungan Kaufman xonadan chiqib ketadi. Faqat shundagina Xudoyorxon xonlikni umrbod qo‘ldan chiqarganini tushunib yetadi”.

Ertasi kuni esa xon kelib tushgan Toshkentning Darxon mahallasidagi hovliga general-gubernator Kaufman kelib, har ikki tomon o‘rtasida muzokaralar bo‘lganini ma’lum qiladi. Shundan keyin 3–4 kun o‘tmayoq Xudoyorxon Toshkentdan chiqib ketib, ikki yildan ziyodroq Orenburgda surgunda yashab, o‘sha yerdan yashirin ravishda haj safariga jo‘naydi va yurtiga qaytib kela olmay, musofirlikda vafot etadi.

1921 yil (bundan 104 yil oldin) – Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi “Ayirboshlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ayirboshlash, sotib olish va sotish huquqi qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda mayda va hunarmandchilik sanoati buyumlariga joriy qilindi.

1924 yil (bundan 101 yil oldin) – Toshkentda birinchi Butunturkiston olimpiadasi tantanali ravishda ochildi. O‘lka matbuoti uni “Ulkan jismoniy tarbiya bayrami”, deb baholadi. Butunturkiston olimpiadasi Toshkentdagi Mehnat saroyi (hozirgi Sayilgoh atrofi) oldida viloyatlar sport jamoalarining tantanali yurishi bilan boshlandi. Bunda har bir viloyat sport jamoasining 35 sportchidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng sportchilar shahar stadioniga yo‘l oldilar. Bu yerda olimpiada ochiq, deb e’lon qilinganidan so‘ng Toshkent va Samarqand futbol jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinda toshkentliklarning qo‘li baland keldi.

Bir hafta davom etgan mazkur olimpiadada yengil atletika, basketbol, qo‘l to‘pi, shaxmat bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi, erkak va ayol gimnastikachilarning ko‘rgazmali chiqishlari uyushtirildi. Jumladan, ayollar o‘rtasidagi estafetada Sirdaryo viloyati sportchilari g‘olib chiqqanliklari ma’lum. Shaxmat bo‘yicha musobaqalar saralash bosqichida 24 shaxmatchi ikki guruhga bo‘linib kuch sinashgan. Butunturkiston olimpiadasi nufuzini oshirish uchun boshqa joylardan nomdor sportchilar ham taklif etilgan. 

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – sharqshunos, manbashunos olim, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Ne’matulla Ibrohimov tavallud topdi. U arab manbalari bo‘yicha O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Uning asarlari Sharq va G‘arb tillaridagi nodir manbalarning chuqur tahliliga asoslangan. Ne’matulla Ibrohimov manbashunoslikda yangi yo‘nalishlardan biri – Sharq badiiy tafakkuri va elitar madaniyatlarning uzviy yagonaligi haqidagi konsepsiya asoslarini yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 avgustdagi farmoniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Ne’matulla Ibrohimovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.

1951 yil (bundan 74 yil oldin) – biolog olima, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Shahnoza Azimova tavallud topdi. Uning ilmiy ishlari molekulyar biologiya, genetika, rekombinat oqsillar olishga oid. U normal va rak holatida tireoid gormonlar retseptorlarini o‘rgangan.

1996 yil (bundan 29 yil oldin) – Nyu-York shahrida imzolangan qo‘shma kommyunike asosida O‘zbekiston va Yamayka o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatildi. Yamayka O‘zbekiston mustaqilligini 1992 yil 6 yanvarda tan olgan edi.

1999 yil (bundan 26 yil oldin) – O‘zbekistonning A-310 layneri Buyuk Britaniya va Italiyadan kelgan 27 sayyohni Samarqandga olib keldi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi London–Samarqand yangi yo‘nalishini ochib, shu tariqa Yevropani Buyuk Ipak yo‘li bilan bog‘ladi.

2002 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining “Yaponiya bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2005 yil (bundan 20 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining “«Oqila ayollar» harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. 

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Ne’matulla Ibrohimov tavalludiga 80 yil to‘ldi