Vetnamning Xayfon shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin va 4 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Chempionatning M8+ yo‘nalishida Shehroz Hakimov, Shuhrat Shodiyev, Obidjon Jo‘raqulov, Shahriyor Hamdamov, Fazliddin Karimov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyev va Farrux Oblaqulovdan iborat jamoamiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, juftlik poygalarida Malika Tagmatova va Anna Prakaten tandemi Osiyo chempioniga aylandi.


Akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida Shahzod Nurmatov marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi. LM2x yo‘nalishida Sobirjon Safaroliyev /Ozodjon Mamatov, M4x bo‘yicha Boburjon Muhiddinov, Jamolbek To‘rg‘unov, Mehrojbek Mamatqulov, Shahboz Xolmurzayevdan iborat jamoamiz, W2 yo‘nalishida Rayhona Sattorova / Aydana Smetullayeva juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA