Akademik eshkak eshuvchilarimiz shohsupa to‘rida
Tailandning Pattaya shahrida yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 18 va 23 yoshdagi eshkak eshuvchilar bilan ishtirok etmoqda.
Osiyo chempionatining “JM2” toifasida Obidjon Jo‘raqulov va Shahriyor Hamdamov tandemi belgilangan masofani birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Shuningdek, “JM2X” bo‘yicha o‘tgan poygada Bahodir Abdurahmonov va Abdukarim Farmonqulov tandemi kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Chempionat doirasida qizlar o‘rtasidagi “JW4” bahslarida Rayhona Sattorova, Rayhona Karimova, Yelena Solovyova, Nurila Abdualiyeva to‘rtligi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur musobaqa 19 dekabr kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA