Vatanimiz tarixidagi 27 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1812 yil (bundan 213 yil oldin) – Rossiya imperatori Aleksandr I Qo‘qon xoni Umarxonga javob maktubi yozdi. U o‘z xatida Rossiya va Qo‘qon o‘rtasida o‘rnatilayotgan savdo va do‘stlik aloqalaridan mamnun ekani hamda bu hududlarda savdo karvonlarining tinch-osoyishtaligini ta’minlash zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan oldinroq, 1811 yilda Qo‘qon xoni Umarxon Rossiya imperatori Aleksandr I nomiga xat yo‘llab, Rossiyaga o‘z elchilarini yuborayotganini yozgan edi. 

Tarixchi Valiqul Ishquvatovning qayd etishicha, Qo‘qon – Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish uchun harakatlar rasman 1805 yildan boshlangan. Mazkur diplomatik munosabatlar Umarxon davrida (1810–1822) yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dastlabki munosabatlarning asosiy maqsadi Qo‘qon va Rossiya o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatishdan iborat edi. Ammo bu diplomatik aloqalar natijasida Rossiya imperiyasi Qo‘qon xonligining tabiiy boyligi, undagi ijtimoiy vaziyatni va harbiy kuchlar holatini bilib olib, mustaqil Qo‘qon xonligini sekin-asta bosib olish rejasini tuza bordi.

1889 yil (bundan 136 yil oldin) – Rossiyaning Buxorodagi siyosiy agenti Nikolay Charikovning 1889 yil 27 yanvardagi maxfiy xatida yozilishicha, buxorolik savdogar Latifxo‘ja (jadidchilik harakatining yirik vakili, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydulla Xo‘jayevning ukasi) katta miqdorda miltiq keltirayotganda Uzun-Ada (Krasnovodsk)da bojxona xodimlari tomonidan ushlandi.

Tarixchi Davron Razzoqovning qayd etishicha, 1320 so‘mga sotib olingan bu miltiqlar uchun Latifxo‘ja 3700 so‘m jarima to‘lab, jami 5 ming so‘m zarar ko‘rgan. Buxoro amiri Abdulahad Ostonaqul qushbegi (bosh vazir) orqali Latifxo‘jani bir marta kechirishlarini rus siyosiy agentidan so‘raganida Charikov jarima imperiya qonunlari asosida olingani, shuning uchun bunday mas’uliyatni zimmasiga ololmasligini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, imperiya hukumati Buxoroni itoatda tutib turish uchun o‘z hududidan amirlikka qurol sotishni taqiqlab qo‘ygan edi. Rus hukumatining karori bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelish mutlaqo taqiklangan bunday mollar buxorolik savdogarlar tomonidan yashirincha keltirilgan. Buxoro amiri esa yashirin ravishda qurol keltiruvchi savdogarlarni rag‘batlantirib, pul bilan ta’minlab turgan.

Rus siyosiy agentining ma’lumotlarida yozilishicha, Buxoroning Xo‘ja Zayniddin guzarida yashovchi, rus-Buxoro savdo aloqalaridagi taniqli savdogarlardan biri Mahmudxo‘ja Shodmonxo‘jayevning 1887 yilda Rossiyadan keltirgan 200 ta berdanak miltig‘ini sotib olgan amir Abdulahadxon 200 kishilik kavaleriyani qurollantirgan. Moskva va Nijniyning tijoratchilari orasida obro‘li bo‘lgan Mahmudxo‘ja 1888 yilning iyunida Rossiyaga ketayotganida amir unga 6 ming so‘m berib (har bir miltik uchun 30 so‘mdan) yana 200 dona qurol keltirishni so‘ragan.

1935 yil (bundan 90 yil oldin) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biofizika fanining O‘zbekistondagi asoschilaridan biri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov tavallud topdi (vafoti 2020 yil). U atoqli yozuvchi Oybekning o‘g‘li. U biofizika, hujayra fiziologiyasi va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha yirik tadqiqotchi sifatida tanilgan. Hujayra membranasiga ta’sir qiluvchi faol moddalarning tadqiqoti bo‘yicha O‘zbekistonda ilmiy markaz yaratgan. 

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – Afrika janubidagi Zimbabve Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Navoiy viloyatini qaytadan tiklash haqida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlari kiritildi. Navoiy shahri viloyatning ma’muriy markazi etib belgilandi.

2002 yil (bundan 23 yil oldin) – ikki palatali parlament va Prezident vakolati muddatini uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda xalqimiz quyidagi ikki savolga javob berdi: 1. O‘zbekiston parlamenti ikki palatali bo‘lishini ma’qullaysizmi? 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolati besh yildan yetti yilga uzaytirilishini ma’qullaysizmi?

2005 yil (bundan 20 yil oldin) – dastlab bir palatali parlament sifatida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palata: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.

2009 yil (bundan 16 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akademik Bekjon Toshmuhamedov tavalludiga 90 yil to‘ldi