Aka-uka Mahmudovlar Belarusda zafar quchdi
Vitebsk viloyati Novopolotsk shahrida short-trek sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Belarus ochiq kubogi musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qilgan yosh sportchilarimiz muvaffaqiyatga erishdi.
Rossiya, Belarus va o‘zbekistonlik yosh short-trekchilar ishtirok etgan musobaqada aka-uka Mahmudovlar short-trekning bir qator yo‘nalishlarida medallarga ega chiqdi.
Jumladan, Alimardon Mahmudov 1000, 2000 va 777 metr masofali bahslarda 1-o‘rinni, 500 metrda 2-o‘rinni egallab, xalqaro turnir kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Alisher Mahmudov ushbu yo‘nalishda belaruslik sportchidan keyin 3-o‘rinni egalladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA