Ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rilmoqda
Inson hayoti turli murakkabliklardan xoli emas. Ayniqsa, bunday vaziyatga yangi oila qurganlar duch kelsa, ularga ma’naviy quvvat va psixologik yordam g‘oyat muhim.
Aynan shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-yanvarda “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Yakkasaroy tumani Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan ajrim yoqasidagi 5 ta oilaning taqdiri muhokama qilindi.
Muhokamada tumandagi mas’ul rahbarlar hamda diniy ulamolar ishtirok etishdi.

Quvonarlisi shuki, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi hamda psixolog mediatorlar bilan hamkorlikda ajrim yoqasiga kelib qolgan 1 ta oila yarashtirildi. Shuningdek, o‘zaro kelishmovchilik sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan 4 ta oilaga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.
Mazkur tashabbus izchil davom ettirilib, yarashish imkoni bor deb topilgan oilalarga mediator psixologlar biriktirildi, yakka tartibdagi suhbatlar orqali oilani saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda.
Sherbek Islomov, O‘zA