“Ajoyib Xitoy, rang-barang Oʻzbekiston”
Samarqandda shu nomdagi madaniyat va turizm haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Samarqandda shu nomdagi madaniyat va turizm haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Haftalik doirasida Samarqand shahridagi Konfutsiy maydonida Xitoyning “Uxan Ouhe” tibbiyot kompaniyasi tomonidan tuhfa etilgan rangli yoritish moslamalarini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etdi.
Tadbirda “Xitoy Ipak yoʻli“ koʻcha yoritgichlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda Xitoyning jahonga mashhur “TzigunXaytyan” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan yuzlab yorqin chiroqlar namoyish etildi.
Haftalik davomida viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish markazida Xitoyning tibbiyot uskunalari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Shuningdek, mahalliy aholi yurak-qon tomir va qandli diabet kasalliklari boʻyicha bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Viloyat turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur nufuzli tadbir doirasida tibbiyot turizmini yanada rivojlantirish boʻyicha mahalliy klinikalar bilan amaliy aloqalarni oʻrnatish masalalari ham koʻrib chiqiladi.