Bu noxush xabarni eshitgan zahotim xayolimdan kechgan ilk kalima shu bo‘ldiki, nahotki endi bizda ham boshlangan bo‘lsa?!.

Va yana shu asnoda qorqalpoq diyoriga qilgan safarlarim ko‘z oldimga keldi. Yulg‘unlar, yavshanlar, yantoqlar o‘sgan, tuyalar, bo‘taloqlar, sayg‘oqlar yugurgan bepoyon Ust-yurt dashtlari...

Sevimli xonandam Mahmud Namozov ijrosidagi Ibroyim og‘a (O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov) so‘zlari bilan aytiladigan “G‘ozlarning qanotinda” degan dilgir qo‘shiq quloqlarim ostida aks-sado bergandek bo‘ldi: “Qiyg‘ulab quslar tag‘i, Sap tortip borotirma. Ketgendey jasliq shag‘im, G‘azlarding qanatinda...” Va, yashirmayman, ko‘zlarimga yosh keldi.

Xo‘sh, asrlar davomida bir ota-ona zurriyodlari kabi yashab kelgan xalqlar o‘rtasida fitna qo‘zg‘ashdan muddao nima? Faqat chetda tomoshabin bo‘lib kuzatib turishmi? Shunda g‘arazli ko‘ngillari taskin topadimi?

Yo‘q, ular aslo maqsadlariga yeta olmaydilar. Etni tirnoqdan ayirib bo‘lmaydi. Ildizi bir, tili, dini, qadriyatlari bir, imon-e’tiqodda yakdil bo‘lgan xalqlarimiz bu safargi og‘ir imtihondan ham sharaf bilan o‘ta oladilar. Zero, har bir yozgan har bir satri, har bir jumlasida o‘zbek-qorqalpoq qondoshligini kuylab o‘tishgan Ibroyim Yusupov, To‘lepbergan Qaipberganov kabi yurt oydinlarining, Alisher Navoiydan ruh va cho‘g‘ olgan, Navoiydan savod ochdim, deya e’tirof etgan Berdaq Qarg‘aboy o‘g‘lining o‘lmas ruhlari ularga rahnamo bo‘lishiga, fitnayu qutqularga berilmay, oqilona yo‘l tutib, bani bashar oldida o‘zligini namoyon eta olishiga ishonaman.

Makkai mukarrama shahri,

2022 yilning 4 iyul sanasi

Yurt g‘amxo‘ri kerak menga

Navoiydan savod ochdim

Qo‘limda G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan 1978 yilda chop etilgan qizil muqovali kitob. Unga “Berdaq. Saylanma” deb yozilgan. Bu kitobni ustoz ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir domla nashrga tayyorlagan. Qoraqalpoqchadan o‘zbek tiliga o‘girgan. Tabiiyki, shundan keyin Berdaq boboning kitobi boshqa tarjimon, shoir, adabiyotshunos olimlar tomonidan ham tayyorlanib bir necha bor nashr etildi. Biroq menga aynan Mirtemir domla tayyorlagan kitob judayam qadrlidir. Buning boisi Berdaq degan ulug‘ shoirni dastavval shu kitob orqali taniganimdan bo‘lsa kerak. Saylanma debochasida Mirtemir domla shunday yozgan: “...Berdaq qardosh qoraqalpoq xalqining oti o‘chmas ulug‘ shoiri va qoraqalpoq adabiyotining poydevoriga g‘isht qo‘ygan ulkan siymodir.” Shu so‘zlarni o‘qiymanu xayollar meni Hazrat Navoiy sari boshlaydi:

Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur.

Navoiy bobomiz turkiy tilli xalqlarning barchasi uchun sevimli shoirdir. Turkiy tilli xalqlarning har biri Navoiyni o‘z shoiri kabi e’zozlaydi. Uning asarlaridan bahramand bo‘lishga astoydil intiladi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta millatning o‘z shoiridek e’zozga, muhabbatga sazovor bo‘lish hazil gap emas. Buning uchun inson pok e’tiqod, toza iymon sohibi bo‘lishi, halol mehnat qilishi zarur. Zahmatu mashaqqatlardan qo‘rqmasligi kerak. Vatanni, millatni sevishi barobarida unga sadoqat bilan xizmat qilishi lozim. Fikru o‘yida yaxshilik, xatti-harakatida ezgulik bo‘lishi shart. Kim hayotini shu qutlug‘ tartibot ustida bino aylasa, elu yurti uni qadrlaydi.

Eshitganim bor, kim boshqalarga yaxshilik qilsa, bilingki, u o‘ziga yaxshilik qilibdi. Rost gap. Tarixda buning misollari ko‘p. Jahon adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, har bir xalq o‘tmishida, uning ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy-ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutgan ulkan san’atkorlar bo‘lganini anglaymiz. Ular o‘zlarining hayotiy va ijodiy faoliyatlarini hamisha xalq taqdiri bilan bir deb hisoblaganlar, har qanday sharoitda ham elu xalq dardi, orzu-umidlariga hamdardu hamnafas bo‘la olganliklari uchun ham buyuk va mangulikka daxldorlar. Biz buyuk mutaffakir Hazrati Alisher Navoiyni g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi deya ehtirom ko‘rsatamiz. Bu zot butun hayotini so‘zga baxshida ayladi. Shu yo‘l bilan avvalo millatiga, pirovardida, butun insoniyatga halol xizmat qildi. Jaydari qilib aytsak, yaxshilik qildi. Mana, necha asrlar o‘tsa hamki, biz turk nazmi bilan olamni yakqalam etgan ustozu pirni bir dam bo‘lsa-da, tildan qo‘ymay kelayotirmiz.

O‘zbek xalqi singari turklar valiy shoir Yunus Emroni, ozarlar oshiq qalam sohibi Fuzuliyni, turkmanlar hazrat Maxtumqulini, qozoqlar ustoz Abayni, qoraqalpoqlar esa xalqparvar, mumtoz ijodkor Berdaqni sevishadi. Ularning merosini faxru iftixor bilan o‘rganishadi, targ‘ib qilishadi. Yana bir gap, men hozirgina e’tirof etganim – ijodkorlarni o‘zbek xalqi ham o‘z millatiga mansub shoir kabi sevib o‘qiydi. Buning boisi, avvalo, turkiy adabiyot ildizlari birligi bo‘lsa, so‘ngra ulug‘ so‘z salaflari inson qalbini, uning orzu-maqsadlarini kuylab o‘tganlaridir.

Katta qalbli ijodkorlarning o‘zidan oldin yashab ijod etgan so‘z san’atkorlariga, ustozlarga bo‘lgan ehtiromi, muhabbati doim yuksak bo‘lib kelgan. Ular o‘z mehr va sadoqatlarini asarlari orqali aytib ketishgan. Nazarimda, ularning buyukligi ham shunda. Berdaq ham zamonasining ulug‘ so‘z salafi sifatida Alisher Navoiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil, Fariduddin Attor, Maxtumquli, So‘fi Allohyor singari Sharq mutafakkirlari ijodini mukammal bilgan. Berdaqning asarlarida ana shu ulug‘ ustozlardan olingan ta’lim, bilim, tajribalar xususida so‘z boradi:

«Chorkitob»dan nari qochdim.

Navoiydan savod ochdim.

Fuzuliydan durlar sochdim,

Donolarni izlar edim.

Maxtumqulini o‘qiganda,

Aytar edim har zamonda,

Nuqson bormi beklar anda,

So‘zin dilda saqlar bo‘ldim.

Bu Berdaqning mashhur asari «Izlar edim» she’ridan satrlar. Demak, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy haqiqiy ma’noda Berdaqning adabiyot sohasidagi ilk muallimidir. Shoirning chuqur ma’naviy ehtiyoji uni Navoiyga, Fuzuliyga yetaklaydi, Maxtumqulidan bahra olishga undaydi. Navoiydan duru gavharlarni tergan Berdaq qoraqalpoqning “Navoiy”siga aylandiki, bugun uning ijodi barcha turkiy xalqlar adabiyotida alohida o‘rin egallab turibdi.

Berdaq o‘ziga ustoz deb bilgan zamondosh shoiru oqinlar bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan:

Borib so‘zimni tinglatdim,

Nuqsonlarimni o‘nglatdim,

Ikki oy uyida yotdim,

O‘lan zavqin totgan umrim.

Zavq hissi odamzod qalbida muayyan vaqtda sodir bo‘ladigan hodisa. Ma’lum bir kunda, vaqtda bu his yurakdan toshib chiqadi. Tasavvur qiling, ushbu satrlarda shoirning butun bir umri o‘lan zavqiga baxshida bo‘lganligini anglash mumkin. Shuningdek, Berdaq zamonasining atoqli so‘z salafi Kunxo‘jadan ham ko‘p saboqlar olgan. Kunxo‘ja huzurida she’rlarini “tinglatgani”, “nuqsonlarini o‘nglatgani” shoirning so‘zga mas’uliyati naqadar yuqori ekanligiga dalildir. Nazarimda, uning bu fazilati bugungi qalam ahli uchun ham ibrat. Hayotini ijod atalmish ulug‘ ishga bag‘ishlagan kishilar mumtoz va jahon adabiyotini bilish barobarida zamondosh adibu shoirlarning ham tajribalaridan xabardor bo‘lish juda muhim. Berdaq misralari ham shundan guvohlik berib turibdi.

Yana bir muhim so‘z, Berdaq asarlarining tili sodda, tushunarli. Xalqning jonli tiliga hamohang. U ko‘nglida tug‘ilgan misralarni bo‘yab-bejab o‘tirmaydi. Dardu armonlari, orzu va iztiroblari, maqsadu muddaolari ko‘nglida qanday aks-sado bersa, shu holicha taqdim etadi. Bu nazarimda qoraqalpoqqa xos fe’lu atvoridandir. Berdaq asarlaridagi samimiyat mana shu. Demak, inson tabiatidagi soflik, rostgo‘ylik, halollik, haqiqatparvarlik, elsevarlik kabi xislatlar tabiiy ravishda uning lafziga ko‘chadi.

Berdaqning el ardog‘idagi ulkan ijodkorga aylanishi sababi endi ayon. U, avvalo, donishmand xalqning asrlar suronidan eson-omon o‘tib kelgan ijodini, o‘zidan oldin o‘tgan ulug‘ so‘z salaflari merosini, zamondosh ijod ahli asarlarini chuqur o‘rgangan va ulardan ijodiy foydalangan. Aytish mumkinki, asarlarni faqat o‘ziga xos, yanikim, Berdaq bo‘lib yozgan.

Berdimurod – Berdaq bo‘ldi

Qardosh qoraqalpoq adabiyoti bilan o‘zbek adabiyotini ayricha tasavvur etish, o‘rganishning aslo imkoni yo‘q. O‘tmishi va buguni bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan bu ikki xalqning shunday muhtasham ijodkorlari borki, har ikki millat tomonidan bir xilda e’zozlanadi, qadrlanadi. Xalqlarimiz Ogahiyyu Mashrabni, Kunxo‘jayu Ajiniyozni, Abdulla Orifu Erkin Vohidni, Ibroyim Yusupovu To‘lepbergen Qayipbergenovni birday e’zozlaydi. Shubhasiz, ana shu e’zozu ardoqlarga sazovor muhtasham ijodkorlardan biri Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li Berdaqdir.

Shoxida bulbul sayragan,

Bog‘lari gul-gul chaman,

Kun nurlari yashnagan,

Yorug‘ dunyo kerak menga.

Tinch, xushchaqchaq, farovon turmush bor joydagina bulbullar xonishini tinglash mumkin. Shu birgina satrning o‘zida shoirning tinchlikka, farovonlikka bo‘lgan ehtiyoji seziladiki, shoir yashagan o‘z davri notinch, muhtojlikda o‘tganini, yurtining yovlar qo‘liga o‘tayotganidan tashvishga tushayotgani anglash qiyin emas. Shu birgina satrning o‘ziyoq daraxt shoxiga o‘tirib, zulmatni-da tobora vahimaga chulg‘ayotgan qora qarg‘a kabi qoraqalpoq xalqining boshiga tashvish yog‘dirgan o‘shal qattol zamonlarning yovlarini bir qur ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Bu satrlardan ham anglashiladiki, Berdaq elu yurt taqdirini o‘z taqdiri deb bilgan va shunday yashab o‘tgan. Xalqning va Vatanning yorug‘ kelajagi uchun qayg‘uradigan odamlar bo‘lishi kerak deb hisoblagan. Vaqtlar o‘tadi, biroq yurtga va elga bo‘lgan muhabbat o‘zgarmaydi. Xalqni qadrlagan qadr topadi. Shoirning satrlari ana shu jihati bilan ham yashovchandir.

Olamda Vatandan aziz yer yo‘q. Taqdir taqozosi bilan yurtdan olisda yashagan zotlarning fikru xayoli Vatanda bo‘lgan. Ular yurt xayolidan bir dam ayro yashamaganlar. Zahiriddin Muhammad Boburning ohu fig‘oni, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqatning dodu faryodi hamon dillarni o‘rtab kelmoqda. Biroq bandai ojiz ne chora ko‘rsinki, ularning peshonalariga bitilgan bitik – taqdiri ilohiy shunday bo‘lgan bo‘lsa. Berdaq Vatanning, elning azizligini shunday sodda va teran ifodalaydiki, kishining yurtu elga bo‘lgan mehru muhabbati yanada yuksaladi.

Ishni ishla tug‘ilgansan el uchun,

Joningni ayama odil er uchun,

Kindik qoni tomgan aziz yer uchun,

O‘lib ketganingcha xizmat yaxshiroq.

Shoir Berdaq pokiza e’tiqod sohibidir. Uning satrlari qatidagi mohiyat shundan xabar beradi. U haq so‘zni aytishni, rosgo‘ylikni ulug‘ fazilat deb biladi. Vatan va xalq manfaati uchun doim kishi halol va rostgo‘y bo‘lishini istaydi. Ammo zamon u o‘ylagani kabi bo‘lmay, fitnayu fasodlarga duch kelaverishini iztirob bilan aytadi. Undan keyin shoir adolat masalasiga jiddiy e’tibor qaratadi. Kishilarda muruvvat, xayru saxovat kamyob bo‘lib borayotgani uning ko‘ngliga ozor beradi.

Berdimurod – mening o‘zim,

Kunxo‘jani ko‘rdi ko‘zim,

Hojiniyozga yetgan so‘zim,

Ular ham shod bo‘lgan emas.

Bu satrlarni o‘qib, o‘zing ko‘rib-bilib turgan ba’zi iztirobli hodisalar ko‘z o‘ngingda namoyon bo‘ladi. Bugun butun insoniyat boshida og‘ir musibatli kunlar hukm surmoqda. Afsuski, bu holatlar bizning O‘zbekistonimizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Shu kunlarda barcha xalqlar qatori bizning xalqimiz ham irodasi toblanmoqda. Davlatimiz rahbari ko‘rsatmalari bilan xalqimiz uchun ko‘p ezgu ishlar qilindi. Xalqimizning og‘irini yengil qilish istagida ko‘p xayrli ishlarga qo‘l urildi. Biroq ana shu ko‘mak va yordamlarga, kishilarning salomatligi uchun ajratilgan mablag‘larga ba’zi bir nafsiga qul kishilar ko‘z olaytirishdi. “Nafsning o‘raday ochgani, obro‘yining ham qochgani”, der ekan, shoir ana shunday kishilarni nazarda tutgan bo‘lsa kerak. Bunday kishilarning qiyinchilik kunlarida xalq, Vatan koriga yarash o‘rniga bunday noinsoflik ish qilishlari qalblarga qattiq botdi. Ibratli so‘zlardan bahramand bo‘lar ekansan, dunyoning razil illatlari poyon toparmikin, degan o‘ylarga borasan. Biroq shu damda shoirning umidbaxsh satrlari xayolingga kelgan o‘ylarni gard g‘ubor singari havolarga sovurib yuboradi. Va ko‘nglingda asl haqiqat qaror topadi. Berdaq satrlari haqiqiy ma’nodagi yashash dasturini shundoq ko‘nglingga singdirib qo‘yadi. Endi sen bilasan, haqiqat g‘olib, xayru saxovat, muhabbat, adolat, halollik aslo mag‘lub bo‘lmaydi.

Yigit kirmas fosiqlarning so‘ziga,

Aslo tushmas manmanlikning iziga,

G‘ayrat berib o‘lgunicha o‘ziga,

Xizmat etar mudom qondosh xalq uchun.

Berdaq ulug‘ salaflar ijodidan bahramand bo‘lar ekan, ulardan so‘z san’atini, zargarligini o‘zlashtirdi. Mumtoz so‘z san’ati uning ijodida xalqona tarzda namoyon bo‘ldi. Mazkur to‘rtlikning birinchi va ikkinchi satrida salbiy sifatlar (fosiq, manmanlik) tilga olinsa, qolganlarida ijobiy holat munosabati bilan ezgu tushunchalar (g‘ayrat, xizmat) tilga olinadi. Ana shu qarshilantirish sifati she’rning ta’sirchanligiga xizmat qilgan. Eliga, yurtiga xizmat qilgan odam hech qachon kamlik ko‘rmaydi. Yomg‘ir bilan yer, duo bilan er ko‘karadi, degan naql bor. Shoirning bu misralarida ana shu haqiqat bor mohiyati bilan singishib ketgan. Zotan, muqaddas kitoblarda, ulug‘ zotlarning bitiklarida yaxshilik qilish hikmati xususida takror-takror aytilgandir. Bu qutlug‘ g‘oyalar shoir so‘zlariga asl mohiyati, hikmati bilan uyg‘unlashib ketgan.

Sharq she’riyatida hasbi hol ya’nikim, tarjimai hol xarakteridagi asarlar, manzumalar juda ko‘p. Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat singari ijodkorlarning asarlarini o‘qigan kitobxon buni yaxshi biladi. Tasavvuf she’riyatining ulkan namoyandasi, umr bo‘yi hikmat so‘ylagan shoir Ahmad Yassaviyda shunday misralar bor:

Men yigirma sakkiz yoshda oshiq bo‘ldim,

Kecha yetmay, mehnat tortib sodiq bo‘ldim,

Ondin so‘ngra dargohiga loyiq bo‘ldim,

Ul sababdin Haqqa sig‘nib keldim mano.

Bu hikmat valiy shoir hayotidan bir lavha. Berdaq ijodida ham shunday mazmundagi she’rlar bor. Ular faqat Berdaqqa xos ohanglarda jaranglaydi va yuraklarda aks-sado beradi. Shular orasida “Umrim va kunlarim” asari chin ma’noda Berdaqning umr yo‘llaridan hikoya qiladi:

Og‘ajonlar, tinglangiz so‘z,

Men sho‘rliga tashlangiz ko‘z,

O‘tdi-ku, yigirma to‘qqiz,

Kelgindi bo‘lgan kunlarim.

Shu she’rda yana shunday misralar bor:

Umr bo‘yi yondim, kuydim,

To o‘lguncha yurtni suydim,

El deb ko‘zdan daryo quydim,

El g‘amida o‘tgan umrim.

Berdaq ko‘p shaharlarga sayohat qildi. Xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi. Markaziy Osiyoning yirik shaharlari – Urganch va Buxoroni ziyorat qilib, qadimiy yodgorliklar bilan tanishdi. Taassurotlar esa asarlariga ko‘chdi.

Berdaq doimo Vatan hurligini o‘yladi, el g‘ami bilan yashadi. Xalqning farovon hayot kechirishi istagida o‘rtandi:

Changalda qolgan bulbulning,

Chumchuqcha ham shoni bo‘lmas...

Shukrlar bo‘lsinkim, bugun shoirning jahon xazinasini qo‘liga olib, uni xalq yo‘lida sarf etishni o‘ylab, menga ham davlatli inson umrin ber, deya chekkan nolalari ro‘yobga chiqdi. Yurt obod, xalq esa farovon hayot kechirmoqda. Haqiqiy shoirlarning esa bundan boshqa orzusi bo‘lmaydi.

Berdaqning“Aqimbet”, "Shajara”, "Oydo‘s bobo”, "Amangeldi”, "Ernazarbiy”, "Xorazm” singari dostonlarining muhtasham ijodkor ekanligi dalilidir. U bu asarlari bilan qoraqalpoq xalqining XIX asrdagi hayoti, turmush tarzini ko‘rsatib berolgan. O‘sha davrda Orolbo‘yidagi mavjud siyosiy-ijtimoiy, madaniy muhitni o‘rganishda Berdaq asarlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois Berdaq butun umr insonparvarlik, tenglik, saxiylik, adolat, vatanparvarlik, mehr-shafqat, qahramonlik va mardlik, milliy ozodlik va haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlarni kuylab o‘tdi.

Men o‘lmasman, o‘lsam so‘zim qolgusi

Berdaq, men o‘lmasman, o‘lsam so‘zim qolgusi, xalqim meni mudom yodga olgusi, deydi. Bu shoirning o‘z ijodiga oid nurli bashoratidir. Haqiqiy ijodkorlarning asarlari hech qachon o‘lmaydi. Ularning yozganlari xuddi bugun yoki kecha yozilgandek kishilar qalbiga nuri ziyo taratib turaveradi. Berdaqning “Mard yigitni agar sevsa elati, kundan-kunga ortar uning quvvati”, “Qayg‘ung tarqar botir bilan, mard bilan”, “Sulton bo‘lma yot elinda, cho‘pon bo‘lgin o‘z cho‘lingda”, “Odam bolasiga ziynat nomus-or” degan so‘zlari hikmatli so‘z, bir maqol yanglig‘ o‘quvchini hamisha ogohlikka da’vat etib turaveradi.

Xushovoz xonanda Qodir Mirashurov kuylagan “Yorug‘ dunyo kerak menga” nomli qo‘shiq aynan mustaqillik yillarida so‘z va musiqa uyg‘unligi, ijro mahorati sababli tinglovchilar yuragidan chuqur joy oldi.

Ko‘pchilik bu qo‘shiqni she’r Berdaq qalamiga mansub ekanini bilmasdanoq sevib qoldi. Buning sababi nimada? She’rda falsafaning teranligi, ohangning samimiyligi, yurak izhorining tabiiyligi mujassam. She’rda el-yurtga xizmat qilish saodati yuksak badiiy mahorat bilan tarannum etilmoqda. Mana gap nimada? 1827-1900 yillarda yashab ijod qilgan Berdaqning she’rlariga bastalangan musiqiy asar bugun navqiron o‘zbek yoshlarining sevimli qo‘shig‘iga aylanmoqda. Menimcha, badiiy asarning umrboqiyligi shoir umrining abadiyligiga yaqqol misol bo‘ladi.

Berdaq she’rlarini tarjima qilish bugun ham davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Rustam Musurmon Berdaqning biz yuqorida misol keltirgan she’rini shunday tarjima qilgan:

Mard bo‘lib belin boylagan,

Jonini fido aylagan,

Xalqning g‘amini o‘ylagan

Yurt g‘amxo‘ri kerak menga.

Xuddi Berdaq bunday yuz yillar avval bugungi kunlarni ko‘rib turganday yozgani bizni hayratga soladi. Ha, Yurt g‘amxo‘ri kerak! Xalqining g‘amini o‘ylagan yo‘lboshchi bo‘lsa, el-yurt saodatli bo‘ladi. Bugun Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan “Saxovat va ko‘mak” harakatini qarang, maxsus farmon bilan 400 mingdan ortiq oilaga moddiy yordam berilganini qarang, mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini, barpo etilayotgan zamonaviy shaharlarni, turar joy binolarini qarang, Mo‘ynoqdagi mo‘’jizalarni qarang. Shoir yurtning ana shunday g‘amxo‘rini nazarda tutgan.

Demak, bugun ham Berdaq ijodiga ko‘nglimiz ehtiyoji bor. Shu ma’noda, Mirtemir domla izdoshlarini shoirning hali o‘zbek tiliga o‘girilmagan asarlari kutib turibdi. Albatta, adabiyotshunoslar qamishdan bel bog‘lab Berdaq asarlaridagi hayotbaxsh g‘oyalarni zamona ruhidan kelib chiqqan holda talqinu tadqiq etishlariga ishonaman. Aslida Berdaqning Adiblar xiyobonidagi haykalida ana shu ezgu maqsadlar ham qad rostlab turibdi. Avlodlarga yigirma ming misradan ziyod she’r, dostonlarni meros etib qoldirgan ijodkor hamma davrlarda e’zozlanishga munosibdir. Berdaq adabiy merosi faqat o‘zbek va qoraqalpoqning emas, balki barcha turkiy xalqlarning ham ulkan ma’naviy xazinasi bo‘lib qolaveradi. Qoraqalpoq eli bilan qondosh, jondosh ekanligimizni hisobga olsak, Berdaqning ijodini teran o‘rganishga va targ‘ib etishga har doim mas’ul ekanligimizni yana bir bor anglaymiz.

G‘ayrat MAJID,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

raisi o‘rinbosari, shoir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlar ruhi rahnamo bo‘lgay...