Prezidentimizning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi-usta Qizlarxon Toshpo‘latova “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Bo‘ston mahallasida yashaydigan Qizlarxon Toshpo‘latova oilada besh o‘g‘il bilan kamolga yetdi. U akalarining temirga jilo berib, turli buyum tayyorlayotganini kuzatib, payvandlash sirlarini o‘rgandi. Temirdan bejirim darvoza yasashni yaxshi o‘zlashtirib oldi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor temirchi-usta onaxonni ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga undadi. U sakkiz yildan buyon shu sohani ardoqlab, el orasida hurmat-e’tibor qozonmoqda. Mashaqqatli va ayni paytda sharafli kasb evaziga to‘kin, farovon hayot kechirmoqda.  

– Bu kasb avvaliga men uchun qiziqishga aylandi, – deydi Qizlarxon Toshpo‘latova.¬ Keyin qarasak ajoyib hunarga o‘tdi. Mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magi bilan 76 million so‘m kredit oldik. Faoliyatimizni kengaytirdik. Asosan kravat, darvoza, panjara kabi temir buyumlar yasab, elga xizmat qilyapmiz. Bir oylik daromadimiz o‘rtacha 25 million so‘mga aylanmoqda.  

Yuksak didli temirchi-usta ayol yasayotgan bejirim buyumlar xaridorgir bo‘lib borayotir. Talab va ehtiyojlarni hisobga olib, ishchi-ustalar safini ham kengaytirmoqda. Ayni paytda uning sexida 8 nafar kishining bandligi ta’minlangan.

O‘tmishdan ajdodlarimizning temirga jilo berib, undan chiroyli buyumlar yasashi murakkab kasb, nafis san’at sanalgan. Uni turli usullarda egish, mahorat bilan payvandlash nafaqat kuch-quvvat, balki sabru qanoat va yuksak did ham talab etadi. Bunday fazilatlarni qalbiga joylagan Q.Toshpo‘latova yasayotgan buyumlar nafis va chiroyi bilan mijozlarga manzur bo‘layotir. Davlat mukofoti esa qo‘li gul usta ayolni yanada ko‘proq izlanib, yangilik yaratishga, o‘z kasbining sir-asrorlarini yoshlarga qunt bilan o‘rgatishga da’vat etdi.

– Prezidentimiz qo‘llaridan mukofotni qabul qilib olganimda qalbimda kechgan quvonch hissini so‘z bilan ifodalay olmayman, – deydi tadbirkor ayol. – Shunday osuda, farovon va xotin-qizlari ulug‘lanayotgan Vatanda yashayotganimdan faxr tuyg‘usini his etdim. Bu mukofot zimmamdagi mas’uliyatni yanada oshirdi. Endi bundan ham ko‘proq mehnat qilib, mahallamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga ko‘proq hissa qo‘shishni ko‘nglimga tugdim. Biz xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor uchun davlatimizdan cheksiz minnatdorman.

Aslida uy yumushlaridan ortib, mijozlarga bir-biridan chiroyli va bejirim temir buyumlar yasab berayotgan usta ayolning yuksak mukofotga munosib ko‘rilgani ham yurtimizda inson qadrini ulug‘lab, xotin-qizlarni e’zozlashga qaratilayotgan e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ajdodlar kasbini ulug‘layotgan temirchi usta ayol