Samarqand aviakompaniyasi o‘z faoliyatining ilk yilini yakunlar ekan, katta natijalarga erishganini ma’lum qildi. Kompaniya yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirib, bozordagi mavqeini mustahkamladi hamda keyingi bosqichlar uchun mustahkam poydevor yaratdi.

“Air Samarkand” bosh direktori Zafar Bo‘tayev bu haqda quyidagilarni gapirdi:  

– Mintaqada turizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash – aviakompaniyamizning asosiy vazifalaridan biri. Birinchi yil biz uchun dadil qarorlar va muvaffaqiyatlar davri bo‘ldi. Aviatsiya startapi sifatida ish boshlab, yo‘lovchilar va sayyohlik kompaniyalari uchun ishonchli hamkorga aylandik. Ajoyib marshrut tarmog‘ini yaratib, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldik.  

Kompaniya kelgusi yilda flotni kengaytirish, yangi yo‘nalishlar ochish va Samarqandni turizmning muhim markazi sifatida mustahkamlashni maqsad qilgan. Shuningdek, xorijiy yo‘nalishlarga ishonchli parvozlar tashkil etish rejalashtirilgan. 

Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2024 yil davomida “Air Samarkand” 152,6 ming nafar  yo‘lovchi va 2,65 ming tonna yuk tashishga erishdi. Umumiy 1 ming 237 ta reys amalga oshirildi. Muntazam reyslar yuklamasi o‘rtacha 82 foizni, charter reyslarniki esa 89 foizni tashkil etdi. Yil boshida kompaniya 180 nafar xodim bilan ish boshlagan bo‘lsa, yil oxiriga kelib, bu ko‘rsatkich 270 nafarga yetdi. Ulardan 54 nafari yangi bort kuzatuvchilari sifatida tayyorgarlikdan o‘tib, ishga qabul qilindi.  

Jidda, Madina, Sharm-al-Shayx, Al-Ayn, Abu-Dabi, Nyachang va Fukuok kabi yo‘nalishlar ochildi. Mart oyidan boshlab Istanbulga muntazam reyslar amalga oshirildi. Shuningdek, Dubay, Dehli, Dakka, Islomobod, Batumi va Tbilisiga charter reyslar yo‘lga qo‘yildi. Jiddaga O‘zbekistonning beshta shahridan parvozlar tashkil etildi.  

“Hitit” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy IT-yechimlar joriy etildi. Aviakompaniya parki “Airbus A321neo” samolyoti bilan boyitildi va bu flotning kuchayishiga xizmat qildi. Yozda aviachiptalarni bevosita band qilish imkonini beruvchi yangi sayt ishga tushirildi.  

“Air Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etib, O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qildi. Bunday ko‘rgazmalar qatoridan Istanbuldagi EMITT, Olma-otadagi KITF va Toshkentdagi TITF ko‘rgazmalari o‘rin oldi. 

Aviakompaniya barcha xalqaro reyslarda raqobatbardosh tariflar, yuqori yuk me’yorlari va issiq ovqat taklif etish bilan ajralib turibdi. Ekipaj a’zolari bir nechta tillarni biladi va bortda qulaylik, ishonch hamda xavfsizlik muhitini yaratadi.  

2024 yil uchun belgilangan barcha maqsadlar muvaffaqiyatli bajarilgan bo‘lib, kompaniya 2025 yilda yangi xalqaro yo‘nalishlarni ochish va parvozlar ulushini yanada oshirishni maqsad qilmoqda.  

Muhimi, aviakompaniya uchun 2024 yil katta yutuqlar yili bo‘lib, kompaniya o‘z mavqeini mustahkamladi.  

O‘zA muxbiri  

Nasiba Ziyodullayeva  

yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Air Samarkand” aviakompaniyasi 2024 yilda qanday natijalarga erishdi?