Bugun “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (AIIB) departament rahbari Syaoxun Yan xonim boshligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar hamkorlik istiqbollari xususida so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekistonning energetika tizimida, ayniqsa, elektr tarmoqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mamlakatda rivojlanayotgan “yashil iqtisodiyot” dasturi va unda investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Syaoxun Yan xonim o‘z so‘zida O‘zbekistondagi energetika sektorida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Muloqot chog‘ida Dadajon Isaqulov aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan muhim investitsiya loyihalari va xalqaro moliya institutlari ko‘magida erishilgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va AIIB o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik doirasida energetika sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Uchrashuv davomida tomonlar investitsiya loyihalariga oid taqdimotlar o‘tkazishdi, jumladan, istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va ekologiyaga ta’siri haqida fikr almashildi. 

Tomonlar muloqot yakunida qayd etganidek, ushbu uchrashuv hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yangi investitsiya imkoniyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AIIB O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga tayyor