Ostonada o‘tkazilgan xalqaro forum(AIF - 2025)da  600 ga yaqin xorijiy mehmonlar, jumladan, yetakchi siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar, sarmoyadorlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 

Forum dasturiga ko‘ra, zamonamizning asosiy muammolarini qamrab olgan yalpi majlis, muhokama va munozalarlarga asoslangan o‘nlab muloqot maydonchalari tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida  Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Ruanda, Shimoliy Makedoniya prezidentlari, boshqa davlatlar bosh vazirlari, o‘rinbosarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir yetmishdan ziyod davlatdan kelgan yetakchi axborot agentliklari, telekanallar va boshqa ommaviy axborot vositalari xodimlari tomonidan yoritib borildi.     

Forumda so‘z olgan BMTning sakkizinchi rahbari Pan Gi Mun iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitning tanazzulga uchrashi va iqtisodiy o‘tish davri keltirib chiqaradigan jiddiy muammolarni hech bir davlatning o‘zi hal qila olmasligini qayt etdi. Chegaralar va siyosatdan oshib ketadigan yagona mintaqaviy javob choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

–Biz Markaziy Osiyoda, ayniqsa, aprel oyida bo‘lib o‘tgan Samarqand iqlim forumidagi tarixiy birdamlikdan so‘ng rivojlanayotgan yashil hamkorlikni yuqori baholaymiz”, dedi P.Mun. 

Ostona xalqaro forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Forumdagi muhokamalarda O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik, energetika xavfsizligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi roli alohida e’tirof etildi. 

Forumda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish, transchegaraviy hamkorlik va suv resurslarini samarali boshqarish kabi mavzular muhokama qilindi. O‘zbekistonning bu sohalardagi tashabbuslari mintaqaviy barqarorlikka hissa qo‘shishi ta’kidlandi. 

Forum doirasida o‘tkazilgan brifingda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alibek Quantirov Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamjihatlik davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi natijasi ekanini qayd etdi. 

O‘zbekiston va Qozog‘istonning hamkorlik aloqalarini qanday baholaysiz?” degan savolimizga A.Quantirov ikki davlat o‘rtasida ishonchli hamkorlik aloqalari yuksak darajada ekanini e’tirof etib, o‘zbek hamkasblarimiz bilan juda yaqin hamkorlikni davom ettirmoqdamiz”, deb javob qaytardi. 

Nufuzli anjumanda Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev bilan ham suhbatlashdik. 

– O‘zbekiston bilan hamkorligimiz juda yaxshi rivojlanmoqda,  dedi J.Madiyev. – Kremniy vodiysida qo‘shma IT-parklarimiz mavjud, yaqinda Dubayda ham qo‘shma IT-park tashkil qilish haqida e’lon qildik. Biz turli xalqaro forumlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, startaplarimiz, texnologik kompaniyalarimizni birgalikda namoyish etib kelyapmiz. Biz doimiy ravishda tajriba almashayotganimiz natijasida venchur fondlar tashkil qilyapmiz, birgalikda iqtisodiyotlarga sarmoya kirityapmiz. Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib, hamkasblarimiz bilan transchegaraviy telekommunikatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish, O‘zbekiston va Qozog‘iston IT kompaniyalari xizmatlarini jahon bozoriga olib chiqish, xizmatlar eksportini oshirish va ikki mamlakat texnoparklari o‘rtasida samarali hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildik va muhim kelishuvlarga erishdik.

“AIF-2025” doirasida Strategik islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov  Qozog‘iston Respublikasining Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi raisi Aset Irgaliyev bilan uchrashdi. 

2024 yilda ikki Agentlik o‘rtasida imzolangan Qo‘shma harakatlar rejasining ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar erishilgan natijalarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni yangi sur’atda davom ettirish istagini bildirdi. 

Forum doirasida Bahodir Rahmatov va Qozog‘iston Milliy banki raisining maslahatchisi – raqamli transformatsiya rahbari Binur Jalenov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Sodir Meliboyev ham ishtirok etdi. Unda elektron to‘lovlar ulushini oshirish istiqbollari, milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni bank infratuzilmasiga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar barqaror rivojlanish yo‘lida moliyaviy sohada raqamli transformatsiyani chuqurroq olib borish bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma yondashuvlarni ishlab chiqishga qiziqish bildirdi.

Ostona xalqaro forumi yakuniga yetdi. “AIF-2025” xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, global muammolarni muhokama qilish va ularga yechim topishda muhim rol o‘ynadi. 

                                               Norgul Abduraimova,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“AIF – 2025”: xalqaro hamkorlik yanada mustahkamlanadi