Andijon shahrida turli xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan “AI SCOOL” o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda mamlakatimizda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ayniqsa, turli xorijiy tillarni o‘rganishlari, har qanday davlat yoshlari bilan erkin muloqot qila oladigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani ta’kidlandi.

[gallery-138]

– Markazni tashkil etish uchun 250 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi, – deydi markaz rahbari Muhammadayub Musaxonov. – Bu yerda yoshlar, umuman, barcha yoshdagi fuqarolarning turli xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

Markazda co-working, wi-fi zonalari tashkil etilgan bo‘lib, ingliz, rus, arab, koreys, nemis va yapon tillari o‘rgatiladi. Tinglovchilarga zarur adabiyotlar, ruchka, daftar va boshqa zarur jihozlar bepul taqdim etiladi.

Markaz ochilishi bilan 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Unda yuqori malakali, oliy toifaga ega mutaxassislar ish olib boradi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“AI SCOOL” o‘quv markazi ish boshladi