Aholining qanchasi keksa yoshlilar?
O‘zbekiston aholisining 10 foizini keksa yoshlilar tashkil etadi. 760 mingdan ziyod shaxsda nogironlik mavjud.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, rivojlangan davlatlar aholisi tarkibining 25 foizini keksa avlod vakillari tashkil qilib, bu ko‘rsatkich yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Tug‘ilish ko‘rsatkichining nisbatan balandligiga qaramay, bugungi kunda respublikamiz aholisining 10 foizini keksa avlod vakillari tashkil qilmoqda.
Dunyo aholisining 15 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil qilib, bugungi kunda ularning soni 1 milliardga yetdi. O‘zbekistonda 760 ming nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qilib, ular ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olingan.
Mohigul Qosimova, O‘zA