Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov boshchiligida tuman fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida xalqchil mexanizm yo‘lga qo‘yildi. Xususan, joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar, aholi vakillari bilan mutasaddi rahbarlarning uchrashuvlari bugun yaxshi an’anaga aylandi. Xalq bilan muloqot tizimining amaliy natijalari odamlar roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Sayyor qabul davomida kadastr faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA