Aholining ijtimoiy himoyasi qanday ta’minlanadi? (+video)
So‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan fuqarolarimiz uchun kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish, ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Ma’lumki, joriy yilning 28 sentyabr sanasida Prezidentimiz tomonidan “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qarorning mazmun mohiyati va ahamiyati xususida Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi katta maslahatchisi Ahmad Odilov bilan fikr yuritamiz.
Suhbatni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/fGL3gM4dE90?si=HJ0v-8QyXSK2XwBo" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA