Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri.

Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri. Viloyatda yerdan unumli foydalanish hisobiga aholini uy-joy, ish bilan taʼminlash, ijtimoiy muhofaza qilish, turmush sharoitini yaxshilash mumkin. Shu bois bu yerda sobiq ishlab chiqarish maydonlarida turar joy majmualari qurish hamda aholini uy-joy bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Davlatimiz rahbari bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam – 2018-yil 20-may kuni Andijon shahrida qad rostlayotgan yangi uy-joylarni koʻrgan edi. Mazkur hududda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, qoʻshimcha turar joylar qurish boʻyicha topshiriq bergandi.

c382bc6b-9fd7-b94b-f90d-f6b8c0740ca8.jpg

Shu asosida shaharda jami 1 ming 798 xonadondan iborat 41 ta koʻp qavatli uy barpo etildi. Jumladan, sobiq konserva zavodi oʻrnida bunyod etilayotgan yangi mavzeda oʻtgan yili yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy qurib bitkazildi. Shu tariqa atigi uch yilda bu yerda ilgʻor shaharsozlik andozalariga mos holda qurilgan yirik mavze paydo boʻldi.

Prezidentimiz ushbu mavzeni borib koʻrdi. 16 qavatli uydagi xonadonlardan birida boʻlib, oila bilan suhbatlashdi.

9abba1bb-8375-1900-d4b4-28cc8a0edcf8.jpg

“Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Xoqon Avtoinvest” MCHJ tomonidan qurilgan 16 qavatli uylar Andijon shahri uchun namuna boʻldi. Loyiha qiymati 46,6 milliard soʻm boʻlgan uylar Turkiya texnologiyasi asosida, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda yaxlit temir-betondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmogʻi, videokuzatuv tizimi bilan taʼminlangan.

Xonadonlar elektr plita, oshxona mebeli, isitish tizimi va issiq suv bilan taʼminlaydigan alohida qozonxona bilan mart oyida tayyor holda topshirilgan. Har bir uy ikkitadan lift bilan jihozlangan.

21983d2b-5459-c90a-244c-b685f5615cf5.jpg

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar oʻyingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

Yangi uylarda shuncha maydondagi boshqa loyihalarga nisbatan 2 barobar koʻp xonadonlar joylashgani mahalliy sharoit uchun juda muhim. Shu bois xonadonlarning narxi ham hamyonbop.

efb0ee2d-df0f-f6a7-06b3-dd2df52444fb.jpg

Mazkur turar joylar qurilishi shaharning ushbu qismida urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirdi. Avvalo, koʻp qavatli uylarda bironta sotilmagan xonadon qolmadi, bu qurilish surʼatini oshirdi. Uylarga talab yuqoriligi bois hududga sanoat korxonalarining qiziqishi kuchaydi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbarining aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yana-da kengaytirish toʻgʻrisidagi qarori asosida hududda tijorat uylari ham barpo etilmoqda. Yana bir afzal jihati, bunday turar joy mavzelari bogʻcha, maktab singari ijtimoiy infratuzilmasi bilan birga qad rostlamoqda. Boshqacha aytganda, andijonliklarning koʻp yillik orzu-havaslari ushalmoqda.

689de988-0a7a-b1fc-917e-1f8fadfc86a5.jpg

Aholini turar joylar bilan taʼminlashni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

– Kambagʻallikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi boʻlsa, oʻzi harakat qilib, roʻzgʻorini oyoqqa qoʻyib oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega koʻp qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

8dc05103-18ae-d7dc-5f4b-693372563929.jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijonliklarning orzu-havaslari ushalmoqda
Сиёсат
16:38 / 21:05:2020