So‘nggi to‘rt yilda sport sohasiga Davlat byudjetdan ajratilayotgan mablag‘ 1,5 trillion so‘mdan 3 trillion so‘mga oshdi. Shu davrda 101 ta yirik sport ob’ektlari yangidan qurilib, 67 tasi rekonstruksiya qilingan. Oxirgi 3 yilda joylarda jami 1 ming 369 ta, shundan 474 ta universal, 647 ta stritbol-vorkaut va 248 ta vorkaut sport maydonchalari barpo etilgan. Sport maydonchalarining 671 tasi mahallada, 645 tasi maktablarda, 53 tasi sport-ta’lim muassasalari hududida barpo etilgan bo‘lsa, ularning 600 tasi eng olis va chekka qishloq hududlarida qurilgan.

Joriy yil yakuni bilan jami 378 ta sport maydonchalari nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilib, asosan umumta’lim maktablari hududida barpo etilsa, 2030 yilgacha esa 5 mingta bunday sport maydonchalari quriladi. 

Bugungi kunda respublikamizda 254 ta sport maktabi mavjud. Ularda 460 ming nafar sportchi-o‘quvchi 32 ming sport guruhlarida mashg‘ulot olib boryapti. Ushbu muassasalarda 12,7 ming nafar trener faoliyat ko‘rsatmoqda. Trenerlarning oylik maoshlari erishgan natijalariga qarab 4,5-10 million so‘mgacha bo‘lmoqda. Sport maktablarida tibbiyot xonalari mavjud bo‘lib, barcha sharoitlar yaratilgan. 

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida 10 millionga yaqin aholi sportga qamrab olingan. Har yili 127 mingta sport formalari bolalarga tarqatiladi. Ular asosan sportchi yoshlarga, nogironlarga beriladi. 

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Hukumat soati”da sport vaziri A.Ikromov aytib o‘tdi. Unda deputatlar “Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qildi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini sportga jalb etishda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?