Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni yanada kuchaytirish masalasiga e’tibor qaratmoqda.

Mazkur qo‘mita a’zosi, senator Gulnora Marufova shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi:  

– Keyingi yillarda mamlakatimizda yuqumli kasalliklar, shu jumladan, sil kasalligining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohaning moddiy-texnik ta’minoti yaxshilanib, tibbiyot muassasalari zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanmoqda.  

Xususan, O‘zbekistonda silni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazilib, kasallanish darajasi 1,5-2 baravar, o‘lim holatlari 6-8 baravarga kamaygan.  

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda sil kasalligiga chalinish holatlarining davom etayotgani ushbu sohada ayrim kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.  

Shunga ko‘ra, aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish talab etiladi.  

Shu maqsadda qo‘mita tomonidan sil kasalligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik taklifini tayyorlash yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzildi.    

Qo‘mitaning shu masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida ishchi guruh tomonidan aholini sil kasalligidan muhofaza qilishni yanada kuchaytirish masalalari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.  

Unga ko‘ra, aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan o‘tkaziladi, aholini sil kasalligidan muhofaza qilish bo‘yicha mavjud muammolar o‘rganiladi va ularning yuzaga kelish sabablari tahlil qilinadi.  

Tahlil natijalariga ko‘ra va xalqaro tajribani o‘rgangan holda aholini sil kasalligidan muhofaza qilishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/vwJ8VgTIq1I?si=1wmYehxAwSwWMzLZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Abduraimova,  

N.Abduvoitov (video),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish yanada kuchaytiriladi (+video)