Dastlab Prezident Farmoni bilan aholini ro‘yxatga olish 2022 yilda o‘tkazilishi belgilangan endi, kecha imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorida ushbu jarayonlar 2023 yilda o‘tkazilishi tasdiqlandi.
Hukumatning tegishli qarori (№710, 11.11.2020y) bilan, aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
Hukumat qarori bilan, yana quyidagilar tasdiqlandi:
- O‘zbekistonda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- O‘zbekistonda 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish dasturi;
- O‘zbekistonda 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxati;
- Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 5 fevraldagi PF-5655-son Prezident Farmonida O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni 2022 yilda o‘tkazish belgilangan edi.