Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati – deputat nazoratida
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q.Babajanov navbatdagi deputatlik nazorati tadbirini Hazorasp tumani davlat xizmatlari markazi hamda tuman FHDYO bo‘limida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Tuman davlat xizmatlari markazi boshlig‘i Yashinbek Boltayev fuqarolarga ko‘rsatib kelinayotgan xizmatlar xususida batafsil ma’lumot berdi.
– Fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida “Barkamol avlod” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida davlat xizmatlari haqida ma’lumot oluvchi “Infokiosk” va “Monitor” qurilmalari o‘rnatilgan, – deydi Ya.Boltayev. – Ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan. Bundan asosiy maqsadimiz aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi va fuqarolarning axborot olish imkoniyatini yaxshilashdan iboratdir.

Deputat tuman fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish bo‘limiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlashib, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qanchalik mamnunligi, uchrayotgan to‘siq va muammolari bilan qiziqdi. Shuningdek, uchrashuvda sohada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda aholiga yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri