Aholiga 17,6 trillion sömlik soğliqni saqlaş xizmatlari körsatildi
Sönggi yillarda Özbekistonda soğliqni saqlaş sohasidagi xizmatlarga bölgan talab ortib, tibbiy xizmatlar bozori ham kengayib bormoqda.
Xususiy klinikalar, şifoxonalar, stomatologiya markazlari va boşqa tibbiyot muassasalari soni ortişi barobarida ular tomonidan körsatilayotgan xizmatlar hajmi ham ösmoqda. Soğliqni saqlaş sohasidagi xizmatlar hajmi 2026-yilning dastlabki töqqiz oyi yakunlari böyiça 17,6 trillion sömga yetdi.
Mazkur körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 14,2 foizga ösgan.
Sohada körsatilgan xizmatlarning asosiy qismini boşqa soğliqni saqlaş xizmatlari taşkil etib, uning xajmi 53,3 foizga yetgan. Şifoxona muassasalari xizmatlari uluşi 32,3 foizni, şifokorlik amaliyoti va stomatologiya xizmatlari esa 14,4 foizni taşkil etgan.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, soğliqni saqlaş sohasidagi bozor xizmatlarining eng katta hajmi Toşkent viloyatida qayd etilgan — 1,8 trillion söm. Samarqand viloyatida bu körsatkiç 1,3 trillion sömni, Farğona viloyatida esa 1 trillion sömni taşkil etgan.
Şuningdek, Namangan viloyatida 870,9 milliard söm, Andijon viloyatida 796,9 milliard söm, Buxoro viloyatida 609,2 milliard sömlik xizmatlar körsatilgan. Xorazm viloyatida mazkur körsatkiç 591,7 milliard söm, Qaşqadaryo viloyatida 553,2 milliard söm, Qoraqalpoğiston Respublikasida 525,1 milliard sömga teng bölgan.
Surxondaryo viloyatida 442,4 milliard söm, Jizzax viloyatida 395,7 milliard söm, Sirdaryo viloyatida 307,5 milliard söm hamda Navoiy viloyatida 296,3 milliard sömlik soğliqni saqlaş xizmatlari qayd etilgan.
Hamroz Bayonov,
ÖzA