Aholi xonadonlarida kooperatsiya usulida quyon yetishtiriladi
Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Quyi Chirchiq tumanidagi quyonchilik kompleksida kooperatsiya faoliyatini kengaytirish, mazkur sohada aholi o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga imkon yaratadi. Shuningdek, aholisining quyon go‘shtiga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan yangi loyihaga qo‘l urildi.
Xususan, Italiya texnologiyalari asosida quyon zotlari, quyon avlodlarining taqdim etilgan genetik kodidan uning go‘shtini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan MDH davlatlari orasida eng yirik mazkur klaster endilikda viloyatda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan fuqarolarga amaliy ko‘mak berilyapti. Bunda quyonlarni saqlash uchun 50 bosh quyonga mo‘ljallangan qafaslar jamlanmasi hamda 4 oylik ozuqasi bilan 20 bosh quyon va 10 bosh erkak quyonlarni yetkazish majburiyatini olgan holda beriladi. Bundan tashqari, “Har bir oila –tadbirkor” dasturi doirasida 3 yil muddatga 6 oy imtiyozli davri bilan 33 million so‘mgacha hokim yordamchilari ko‘magida kredit mablag‘lari ajratish yo‘lga qo‘yilyapti. Korxona tomonidan kooperatsiya usulida tadbirkorlikni boshlagan fuqarolar 1 yilda 30 bosh quyondan ming bosh quyon olish imkoniyati mavjudligi muhimi 3,5 kilo tirik vazndagi yetishtirilgan quyon go‘shtini klasterning o‘zi qayta sotib olish takliflari ham ma’qullandi.
Hozir “Moya mechta” quyonchilik klasteri ishtirokida hududlarda shahar va tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, tijorat banklari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirokida “Quyonchilikni rivojlantirish” bo‘yicha o‘quv-seminarlari tashkil etilyapti. Kelgusida, quyon boqish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilib, quyon boqish istagida bo‘lgan xonadonlar hokim yordamchilari ko‘magida tijorat banklaridan kredit olish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlangan.
A.Musayev, O‘zA.