FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Norin tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi Nurillo Mahmudov oila byudjetini mustahkamlash uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlab, tumandagi tik quduqlar atrofida forel baliq boqish loyihasiga qo‘l urdi. Bunda unga bank kreditining berilishi ayni muddao bo‘ldi.  

Nurillo aka dastlab yashash uyi tomiga 5 kVtli quyosh paneli o‘rnatdi. Shundan so‘ng tik qudug‘iga motor o‘rnatib, “bochka” usulida hovuz qurdi. Hozir baliq parvarishi avjida.

– Yaxshi yashash uchun har kim o‘zi intilishi kerak ekan, - deydi N. Mahmudov. – Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra,  bitta hovuzning o‘ziga 1000 dona chavoq tashlab, 1 tonna baliq yetishtirish hisobiga 31,5 million so‘mdan ortiq sof foyda olish mumkin ekan. Mening hovuzimga esa 2,5 ming baliq sig‘adi. Hozir bu kabi hovuzlar qurishga mahalladoshlarim ham kirishgan.

Darhaqiqat, o‘rgansa, ommalashtirsa arziydigan usul. Shu bois Xo‘jaqo‘rg‘onchada qo‘shni mahallalar aholisi ishtirokida seminar tashkil etildi.  

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, aholi bilan ayni mavzuda muloqot qildi.  

Mahalladagi hokim yordamchisi, bank tizimi mutaxassisi, ya’ni “mahalla bankiri” xonadon tomorqasida forel balig‘i boqishning afzalliklari, foydasi, kredit olish tartibi haqida batafsil tushunchalar berdi. Shuningdek, baliqchilik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tajribali tadbirkorlarning tavsiyalari tinglandi.  

[gallery-22087]

Shu kuni 50 ga fuqaro o‘z xonadonida baliqchilikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirdi. Viloyat tijorat banklari tomonidan ular qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun aytish kerak, Norin tumanida 84 ta tik quduqda davlat-xususiy sheriklik asosida super intensiv usulda yiliga 8500 tonna forel baliqlari yetishtirish rejalashtirilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi xonadonida baliqchilik: kam xarajat, mo‘l daromad