O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningf a r m o n i

So‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, ma’muriy tartib-taomillardan o‘tish muddatlari sezilarli ravishda qisqartirildi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan bir qator ma’lumotnomalar bekor qilindi.

Shu bilan birga, davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik tartibotlar, shu jumladan elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishida so‘rab olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim bo‘lmagan hujjatlarni talab qilish natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini ovora qilish amaliyoti saqlanib qolmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish maqsadida:

1. 2021 yil 1 iyundan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki,
unga muvofiq:

fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi;

notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, “FHDYOning yagona elektron arxivi”
axborot tizimi orqali olinadi;

tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan yuridik shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun belgilangan yig‘im va davlat boji to‘lovlarini to‘lashda ularning vakili tomonidan naqd pul shaklida to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi;

xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda unda odamning immunitet tanqisligi virusi kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi;

davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan to‘lovlar, shuningdek, davlat xizmatini tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatish uchun qo‘shimcha to‘langan yig‘imlar summasi (tezlashtirilgan tartibda ko‘rsatilmagan taqdirda) soddalashtirilgan tartibda Davlat xizmatlari agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir ish kuni ichida qaytariladi. Bunda qaytarib berilgan mablag‘lar Agentlik tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan regress tartibida undirib olinadi;

davlat xizmatini ko‘rsatish natijasida beriladigan hujjatlar
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yish orqali berilganda ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilinadi. Bunda, ushbu hujjatlar elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali cheklanmagan miqdorda bepul olinadi.

2. Quyidagilar:

Ayrim turdagi ma’lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;

2021 yil 1 maydan fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining xohishiga ko‘ra ko‘rsatilgan davlat xizmatining natijasi pochta aloqasi orqali yetkaziladigan davlat xizmatlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

Ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov mazkur Farmonga 1-ilovada ko‘rsatilgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda ularning idoraviy axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarida mavjud va davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.

Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov hamda vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

4. Belgilansinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni:

ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;

narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;

sudlanganlik;

manzil-ma’lumot axboroti;

fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;

turar joyning maydoni;

soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;

soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;

pensiya va nafaqa miqdori;

pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;

nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi;

b) quyidagi hujjatlarni:

shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;

shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;

mehnat daftarchalari va ularning nusxalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);

ish haqi va ish stajini, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari (fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno);

kadastr hujjatlari va ularning nusxalarini talab qilish bekor qilinadi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni ushbu Farmonga 1-ilovada belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Ushbu bandda ko‘rsatilgan hujjat yoki ma’lumotlarning
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblansin.

5.Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

2021 yil 1 maydan boshlab xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani va davlat boji to‘lovini elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkonini yaratish;

2021 yil 1 iyundan boshlab 16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bilan
bir vaqtning o‘zida amalga oshirish tizimini joriy etish;

2021 yil 1 iyuldan boshlab soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oshirishga o‘tish. Bunda, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini berish va fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bekor qilinadi.

Belgilab qo‘yilsinki:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.

6. Davlat soliq qo‘mitasi Davlat personallashtirish markazi
va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyulga qadar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mavjud soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ularning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami bilan o‘zaro bog‘lash ishlarini yakunlasin;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilishini ta’minlasin.

7. Belgilab qo‘yilsinki, 2021 yil 1 iyundan boshlab:

Agentlik yuridik shaxslarni (nodavlat notijorat tashkilotlari, banklar va kredit byurolaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ hisoblanadi;

davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

8. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat personallashtirish markazi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2021 yil 1 mayga qadar o‘zlarining axborot tizimlarini “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga integratsiya qilishni ta’minlasin. Bunda, jismoniy shaxsning o‘limi qayd qilingan kundan boshlab 10 kun ichida:

Ichki ishlar vazirligi – vafot etgan shaxsning fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatlari, haydovchilik guvohnomalari hisobdan chiqarilishini, agar fuqaro qidiruvda bo‘lsa, qidiruv va jinoyat-protsessual ishlariga (hujjatlariga) tegishli ma’lumotlar kiritilishini;

Mudofaa vazirligi – vafot etgan shaxs harbiy ro‘yxatdan chiqarilishini;

Tashqi ishlar vazirligi – vafot etgan chet el fuqarolari va chet elda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘yicha tegishli xorijiy davlatga yoki uning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga xabar berilishini;

Sog‘liqni saqlash vazirligi – vafot etgan shaxs nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilishini;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – vafot etgan shaxs “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi hisobidan chiqarilishini;

Davlat soliq qo‘mitasi – soliq qarzi mavjud bo‘lmagan vafot etgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan chiqarilishini;

byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi – vafot etgan shaxsning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini va unga boshqa turdagi pensiya va nafaqalar hisoblanishi to‘xtatilishini;

Davlat xizmatlari agentligi – vafot etgan yakka tartibdagi tadbirkorning Tadbirkorlik sub’ektlarining Yagona davlat reyestrida faoliyati tugatilgan maqomiga o‘tkazilishini ta’minlasin.

2021 yil 1 maydan boshlab FHDYO organlarining ushbu bandda belgilangan organlarga jismoniy shaxsning o‘limi qayd qilinganligi haqidagi ma’lumotni taqdim etish majburiyati bekor qilinsin.

9. 2021 yil 1 iyundan boshlab:

fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuborish va hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilinsin.

Bunda, davlat statistika organlari “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga o‘zlarining elektron tizimlarini integratsiya qilgan holda ushbu ma’lumotlarni real vaqt rejimida oladi va statistik hisobotlarni shakllantiradi;

huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Agentlik va davlat xizmatlari markazlaridan so‘rash to‘xtatilsin. Bunda, mazkur tashkilotlar tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.

10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan davlat organlari
va tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanishini hamda barcha davlat organlari va tashkilotlariga mazkur tizimdan foydalanish imkoni yaratilishini ta’minlasin;

uch oy muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza-so‘rovnomalarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabini bekor qilish hamda identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalarini joriy qilish orqali foydalanuvchilarga tizimga kirish va undan foydalanish uchun qulay imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Adliya vazirligi:

Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar tomonidan ortiqcha to‘langan to‘lovlar, vakolatli idoralar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan hamda rad etilgan murojaatlar bo‘yicha, shuningdek, tezlashtirilgan tartibda davlat xizmati ko‘rsatilmaganligi uchun qo‘shimcha undirilgan yig‘imlar summasini soddalashtirilgan tartibda qaytarish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish va optimallashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilishini, mazkur Farmonning o‘z vaqtida ijro etilishida mas’ul tashkilotlarga har tomonlama uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin, shuningdek, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga uning amalga oshirilishi jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etsin.

12. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.

13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul
va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov,
adliya vaziri R.K. Davletov hamda Davlat xizmatlari agentligi direktori U.I. Muxammadiyev belgilansin.

Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                    Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 23 mart

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida