O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik yillarida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va bu boradagi ishlar barcha sohalarda izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 5-oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshladi.

Shundan so‘ng Oqdaryo tumanida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishdi, fermerlar bilan dehqonchilikda samaradorlikni oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish barobarida ularni qayta ishlashni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining ahamiyati haqida to‘xtaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan, shahar aholisining uy-joy muammolarini hal etish imkonini beradigan zamonaviy ko‘p qavatli uylar loyihasi bilan tanishdi. Ushbu yangi uy-joy majmualarida aholining har tomonlama qulay yashashi uchun zarur ijtimoiy infratuzilma ham yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri transport tizimini yanada yaxshilash, zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish lozimligiga e’tibor qaratdi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, tramvayning ekologik toza transport vositasi sifatida atrof-muhitga ta’siri kamligini qayd etarkan, bu loyihani sifatli bajarish, 2017-yilning Navro‘z bayramigacha yakunlash zarurligini ta’kidladi.

Xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda yaratilayotgan zamonaviy texnologiyalar asosida muqobil manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha noyob obyekt loyihasining amalga oshirilishi bilan tanishdi. Mazkur stansiyaning ishga tushirilishi Samarqand viloyati va mamlakatimiz energiya tizimining Janubi-g‘arbiy qismi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan muqim ta’minlash imkonini beradi. Quyosh fotoelektr stansiyasi yiliga 158,3 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ushbu majmua qurilishida mahalliy mahsulotlardan kengroq foydalanish, bunday stansiyalarni yurtimizning boshqa hududlarida ham bunyod etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev shu kuni Urgut tumanida tashkil qilingan sanoat zonasini ham borib ko‘rdi. Maydoni qariyb 42 gektar bo‘lgan bu hududda 40 sanoat korxonasi, jumladan, 19 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1 ming 200 ga yaqin kishi mehnat qilmoqda. O‘tgan yili sanoat zonasida qiymati 157,5 milliard so‘mlik 20 turdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, eksport hajmi 10 million AQSh dollaridan oshdi. Xususan, bu yerda mahalliy xomashyodan gilam va gilam mahsulotlari, sintetik tola, elektr duxovkalar, gaz plitalari, bir marta ishlatiladigan plastik idishlar, polimer yelim va boshqa mahsulotlar tayyorlanmoqda.

2017-yilda tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yana 78 loyihani amalga oshirish va 3 ming 400 ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi.

Tuman yerlaridan unumli foydalanish, xususan, adirli yerlarga yong‘oq, bodom, tok, unabi kabi ekinlar ekish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Urgut tumanining resurs bazasidan samarali foydalanish, sanoat va eksport salohiyatini yanada rivojlantirish, investitsiya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida Urgut erkin industrial zonasi tashkil etilishini alohida qayd etdi.

Urgut tumani hokimligida Samarqand viloyati faollari bilan bo‘lgan uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olinib, hurmat bajo keltirildi.

Yig‘ilishda Urgut tumani misolida viloyatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kompleks dasturi ko‘rib chiqildi.

Viloyatning shahar va tumanlari markazlarida yangi uy-joylar barpo etish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash asosida aholining turmush sharoitlarini yanada yuksaltirishga doir masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev hukumat portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlardan misollar keltirar ekan, viloyat mutasaddilariga ushbu masalalarni vaqtida ko‘rib chiqish va hal qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Har bir murojaat Bosh vazirning nazoratida bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilishda viloyat va tuman byudjetlarining moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar, eksport prognozlarini bajarish, yig‘im-terim ishlari, kuzgi ekinlarni ekish, oziq-ovqat xavfsizligi va narx barqarorligini ta’minlash, uy-joylar va ijtimoiy obyektlarning kuzgi-qishki mavsumga tayyorligi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash, viloyat iqtisodiyotining barcha sohalari uzluksiz ishlashi masalalari muhokama etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish yo‘lida