Aholi suv iste’mol me’yorlari soddalashtirildi
"O‘zsuvta’minot"AJ matbuot xizmati rahbari Akmal Murodov bu haqda ma’lumotida qayd etilishicha, bugungi kunga qadar iste’molchilar ichimlik va oqova suv hizmatlaridan foydalanishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qariyb 200 turdan ortiq tasdiqlangan iste’mol me’yorlari mavjud edi.
Joriy yilning 1 fevral kunidan respublikamizning barcha hududlarida suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi iste’molchilarga 4 turdagi soddalashtirilgan quyidagi iste’mol me’yorlari qo‘llaniladi.
Xususan, ichimlik suvini ko‘cha kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga kunlik 50 litr, ichimlik suv tarmog‘iga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik 200 litr, ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik 350 litr, suv sepish va sug‘orish maydonining har 1 metr kvadrati uchun kunlik 15 litr etib belgilandi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA