Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida yurtimizda 2022 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, hozirda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha turli tadbirlar o‘tkazilib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari haqida fikr-mulohazalar yuritilmoqda. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar ularni ro‘yxatga olish asosida olinishi, bu aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflar bilan belgilanishi haqida tushunchalar berilayapti.

Qo‘mita mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar xodimlari ishtirokida ishchi guruhi tarkibi shakllantirilib, jarayon boshlab yuborilgan.

Davra suhbatida, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 2015 yilda qabul qilingan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida kun tartibiga BMTga a’zo davlatlar qatorida O‘zbekiston qo‘shilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, ushbu kun tartibi o‘z ichiga global darajadagi 2030 yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 17 maqsad va 169 vazifani qamrab oladi. Barqaror rivojlanish sohasida amalga oshiriladigan harakat rejasi insonlar, sayyoramizdagi barcha tirik jonzotlar manfaati yo‘lida ularning farovonligi va ravnaq topishiga xizmat qiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy tamoyillaridan biri hech kimni chetda qoldirmaslikdir, ya’ni jamiyatdagi har bir shaxsning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, millatidan qat’i nazar, barchaga teng imkoniyatlar yaratish hisoblanadi.

Tadbirda bu borada respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi qarori bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida 16 milliy maqsad va 125 vazifa hamda joriy yilda tegishli vazirlik, idoralar va BMT agentliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 206 milliy indikatorlar tasdiqlangani borasida so‘z yuritildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi nufusi bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumot shakllantiriladi
Жамият
17:58 / 24:09:2019