Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka keng jalb etish, oilalarni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Buxoroga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mukarram Nurmatova Romitan tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda viloyat hokimi o‘rinbosari Firuza Ibragimova, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G‘ani Muyassarov, tumandagi sektorlar rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, viloyat hamda tumandagi mas’ul korxona, tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.  

Sayyor qabulda xotin-qizlarning uy-joy ta’miri, bandligini ta’minlash, oliy ta’lim kontrakti, tibbiy yordam, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, subsidiya ajratish va oila-turmush masalasidagi nizolari yuzasidan murojaatlari tinglandi hamda zaruriy chora-tadbirlar belgilanib, nazoratga olindi.  

– Qabulda 62 nafar fuqarolar o‘z muammolari va masalalari yuzasidan murojaat qildi. Shundan 13 nafar fuqaro Buxoro shahridagi “Artel” kompaniyasi korxonasiga ishga joylashtirildi, – deydi tuman Xalq qabulxonasi mudiri G‘ani Muyassarov. – Ikki nafar fuqaroning uy-joyi “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan ta’mirlab beriladigan bo‘ldi. Bir nafar fuqaroga  nogironlik tayinlanadi. Uch nafar fuqaroga davolanish uchun order berildi. Yetti nafar fuqaroga esa imtiyozli kredit ajratish uchun hokim yordamchilari tomonidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, nogironligi mavjud olti nafar fuqaroga reabilitatsiya vositalari berildi hamda to‘rt nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin qizlarga Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinalari, imtiyozli kredit asosida ikki nafar fuqaroga motokultivator uskunasi berildi.  

Sayyor qabul davomida Yosh kelin-kuyovlarni o‘qitish markazida tahsil olayotgan 13 nafar juftlik bilan “Muqaddas oila” mavzusida seminar- treninglar o‘tkazildi. O‘quvni tugatgan bo‘lg‘usi oila vakillariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, ajrim masalasi ariza bergan beshta oila bilan yarashtirish ishlari olib borish natijasida uchta oilani yarashtirishga erishildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aholi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda