Aholi 9 oyda banklarga 18,9 mlrd dollar sotdi (+video)
Markaziy bank içki valyuta bozorining 2026-yil yanvar–sentabr oylari böyiça şarhini eʼlon qildi.
Unga köra, jismoniy şaxslar uşbu davrda banklar bilan quyidagi valyuta operatsiyalarini amalga oşirgan:
banklarga sotilgan valyuta – 18,9 mlrd dollar (ötgan yilning mos davrida – 15,3 mlrd dollar);
banklardan sotib olingan valyuta – 11,0 mlrd dollar (2025-yilda – 8,6 mlrd dollar). Yaʼni aholi banklardan sotib olganidan 7,9 mlrd dollar köproq valyuta sotgan. Ötgan yilning şu davrida bu farq 6,7 mlrd dollarni taşkil etgan. ⠀
Xalqaro pul ötkazmalari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kirib kelgan (2025-yilda – 13,9 mlrd dollar). Mamlakatdan esa 2,0 mlrd dollar çiqib ketgan.
Natijada pul ötkazmalari böyiça ijobiy saldo 13,2 mlrd dollarni taşkil etdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, ÖzA