Keyingi kunlarda yurtimizda issiq va quruq havo oqimi hukm surmoqda. Jazirama issiqdan nafaqat fuqarolar balki qishloq xo‘jaligi ekinlari, ya’ni g‘o‘zani ham asrash yuzasidan qator agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.

Shu maqsadda “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyat Vobkent tumani bo‘limi tomonidan g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida jazirama issiq kunlarda g‘o‘zani asosan tunda sharbat usulida sug‘orish, suvni qarovsiz qoldirmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, g‘o‘za maydonlarida tuproq namligini 80 foizda ushlab turish singari dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

– G‘o‘za rivojlanishdan to‘xtab qolishining oldini olish yuzasidan anomal issiq kunlarda tunda suspenziya orqali ishlov berish, namlikni ushlab turish uchun g‘o‘za sug‘orilgandan so‘ng, yer yetilgach zudlik bilan kultivatsiya ishlarini bajarish hosildorlikning oshishiga xizmat qiladi, –deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Vobkent tuman bo‘limi rahbari U.Tilloyev. –Shu maqsadda, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan suvchilarni rezina etik, maxsus kiyim-bosh hamda tungi yoritish uskunalari bilan ta’minlash, har bir paxta maydoni boshida “Dala uylari”ning ahvoli alohida nazoratga olindi. 

Iyun oyi davomida g‘o‘za parvarishida agrotexnik tadbirlar ijrosi yuzasidan jami 141 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar davomida 38 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza etuvchi idoralarga taqdim etildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda