“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki aholi va mijozlar uchun qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, joriy yilning 2 aprelidan boshlab bank filiallarida xorijiy VISA kartadagi mablag‘larni naqd shaklda olish va “Agrobankmobile” ilovasi orqali esa milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish imkoniyatlari yaratildi.

Shuningdek, tez kunda paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari “Agrobank Mobile-business” ilovasi orqali onlayn tarzda masofadan turib zarur to‘lovlarni amalga oshira boshlaydi.

Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda bu haqda ma’lumot berildi.

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi S.Xo‘jayev va boshqalar davlatimiz rahbarining joriy yil 28 fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi bo‘yicha qishloq xo‘jaligida paxta xom ashyosi va boshoqli don hosili yetishtirishni moliyalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy samaralar berayotganini ta’kidladi.

6 (1).jpg

Yangi imkoniyat va qulayliklarga muvofiq, fermer xo‘jaliklarning 2018 yil 1 yanvar holatiga ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzdorliklari 3 yil muddatga muzlatildi. Penya va jarimalar kechildi. Shuningdek, avval kredit foiz stavkasi g‘alla yetishtirish bo‘yicha 5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu 3 foizga tushirildi. Bunda paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha kredit muddati 14 oy va boshoqli don uchun esa 12 oy etib belgilandi.

– Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga imtiyozli kredit mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish va ijrosini ta’minlashga katta e’tibor bermoqda, – deydi “Agrobank”ning qishloq xo‘jaligi bilan ishlash departamenti direktori I.Omonov. – Amalga oshirilayotgan bu imtiyozli kreditlar esa fermer xo‘jaliklar ishini samarali tashkil etishda yordam beradi. Masalan, yangi talablar bo‘yicha endi fermer xo‘jaligi rahbari ssuda hisob-raqamlaridagi mablag‘larni mustaqil tasarruf etadi. Bunda amalga oshiriladigan 12 xarajat turlari, shu jumladan, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar uchun 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilgach, mahsulotlar fermer xo‘jaliklarga yetkazib beriladi.

Ta’kidlanganidek, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki agrar sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratmoqda. 2018 yilning o‘tgan davrida bank tomonidan chorvachilikka 6,8 milliard so‘m, parrandachilikka 1,7 milliard so‘m, baliqchilik va asalarichilikni rivojlantirishga 1,5 milliard so‘m, issiqxona tashkil etishga 8 milliard so‘m, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga 33 milliard so‘mdan ziyod, kartoshka urug‘ligi xaridi uchun 50 milliard so‘m, xorij tajribasi asosida yangi texnologiyalarni joriy qilgan holda achchiq qalampir yetishtirishni tashkil etish uchun 48 milliard so‘m, jami 150 milliard so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgani bu fikrimiz isbotidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Agrobank” 150 milliard so‘mlik kredit ajratdi