Agrar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida xalqaro hamkorlik qamrovi kengaymoqda
O‘zbekistonning agrar ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi xalqaro hamkorlik qamrovi kengaymoqda. Bu esa zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy tajriba va bilimlar almashinuvini kengaytirish imkonini oshiradi.
Niderlandiyaga amaliy tashrif doirasida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nurali Abdullayev Wageningen University & Research vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari malakasini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash kabi ko‘plab yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
Ma’lumot uchun aytish lozimki, Wageningen University & Research (WUR) agrar ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida dunyoning yetakchi universitet va tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Universitet qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha ilg‘or ilmiy ishlanmalari bilan tanilgan.
A.RUSTAMOV,
O‘zA