“Maqsad” loyihasi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi nafaqat aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sish, eksport salohiyati va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi.

“Maqsad” loyihasining navbatdagi soni davlatimiz rahbarining oziq-ovqat eksportini ko‘paytirishdagi tashabbuslari natijasiga bag‘ishlanadi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini strategik tarmoq sifatida belgilab, sohani tubdan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30 iyul kuni o‘tkazilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham sohadagi yutuqlarni yaqqol namoyon etdi. Yig‘ilishda nafaqat mavjud kamchiliklar aniq tahlil qilindi, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, suvsizlikka chidamli ekinlar yetishtirish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan aniq vazifalar ham belgilandi.

O‘zA Barqaror rivojlanish markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan “Maqsad” loyihasining navbatdagi sonida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar va O‘zbekistonning FAO Kengashi a’zoligiga saylanishi taqdim etadigan imkoniyatlar xususida so‘z boradi.

Mehmon – Barqaror rivojlanish markazi eksperti Iskandar O‘ROQBOEV.

– Keyingi yillarda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Siz ushbu islohotlarning barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg‘unligini qanday baholaysiz?

– O‘zbekiston BRM (BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari) bo‘yicha milliy maqsadlarini 2022 yil 83-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori asosida belgilab oldi. Unda 16 maqsad va 126 ta vazifalar belgilangan. Aynan O‘zbekistondagi agrar islohotlar BRMning asosiy maqsadlari bilan uyg‘un ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 54-maqsadida Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish vazifasi belgilangan. Bu BRMning ikkinchi – “Ochlikka barham berish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” maqsadiga mos keladi. Ushbu strategiya loyihasi ishlab chiqilish jarayonida o‘tkazilgan keng jamoatchilik muhokamasida xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT tarkibiga kiruvchi bir qancha O‘zbekistondagi vakolatxonalar bilan muhokamalar o‘tkazilib, ular tomonidan taqdim etilgan xulosa va takliflar hamda BRM bilan uyg‘unligini bog‘lagan tarzda shakllandi va tasdiqlandi.

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, klasterlar va kooperatsiya tizimini joriy etish, tomorqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda oziq-ovqat ta’minotini barqarorlashtirish borasidagi choralar strategik ahamiyat kasb etmoqda. Bu nafaqat ochlikka barham berish, balki umumiy iqtisodiy barqarorlikka erishishga ham xizmat qilmoqda.

– Agrar sohada yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, issiqxonalar rivoji, eksport salohiyatini oshirish kabi tashabbuslar amalga oshirilyapti. Bu jarayonlarda atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashish qanchalik inobatga olinyapti?

– Haqiqatdan ham, issiqxonalarni rivojlantirish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim qadamlardir. Xususan, Suvchilar maktabi, suv kredit platformasi, diskret, tomchilatib, yomg‘irlatib, kanallarni betonlash fikrlarimiz tasdig‘idir.

Bugungi kunda respublikada 5,1 ming gektar issiqxonalar mavjud. Keyingi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga ko‘paydi. Shuningdek, 2025 yilda jami 500 ming gektar suv tejovchi texnologiyalar, shundan 232 ming gektar tomchilatib, diskret sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, 268 ming gektar maydonlarda lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish hisobiga 2 – 2,5 milliard kub metr suvni iqtisod qilish maqsad qilingan.

Shu asosda 2025 yil iyul oyigacha 200 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi. Natijada 420 million kub metr suv iqtisod qilinib, qo‘shimcha 65 ming gektarda meva-sabzavot yetishtirish imkoniyati yaratildi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida O‘zbekistonda iqlimga mos agroekologik zonalashtirish, biohafvsizlik va karbon izini kamaytirish kabi tashabbuslar davlat siyosatining ajralmas qismiga aylandi.

Bundan tashqari, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. Shunday sharoitda resurs tejovchi texnologiyalar, innovatsion yechimlar, jumladan, blokcheyn va agrologistika tizimini rivojlantirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda.

– Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Aytingchi, qaysi yo‘nalishlarda yana qo‘shimcha imkoniyatlar mavjud?

– O‘zbekiston 180 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini 80 dan ziyod mamlakatga eksport qilmoqda. 2024 yilda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 2,2 milliard dollarni tashkil etdi. Meva-sabzavot eksporti 15,8 foizga o‘sib, 2 million tonnadan oshdi.

Xalqaro sifat standartlarini joriy etish, organik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish, elektron savdo platformalarini yaratishga ham erishilmoqda.

– O‘zbekistonning FAO Kengashi a’zoligiga saylanishi – agrosohadagi milliy siyosatning xalqaro darajada e’tirof etilishi sifatida baholanmoqda. Bu a’zolik mamlakatimiz uchun qanday yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, deb hisoblaysiz?

– O‘zbekistonning BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylangani xalqaro miqyosda mamlakatimizning obro‘sini yanada oshirdi. Bu e’tirof mamlakatimizga yangi loyihalar uchun mablag‘ jalb qilish va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surishda muhim imkoniyat yaratadi.

FAO Kengashiga a’zolik, shuningdek, xalqaro oziq-ovqat siyosati va standartlarni ishlab chiqish, milliy tashabbuslarni ilgari surish, yangi moliyaviy resurslar jalb etishga ham xizmat qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, joriy yilda O‘zbekistonning FAO Kengashi a’zoligiga saylanishi – agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning xalqaro e’tirofi bo‘ldi. Bu Prezidentning xalqaro hamkorlikdagi yuksak nufuzi va mamlakatning tashqi maydondagi ta’sirini oshirishdagi siyosiy yetukligini namoyon qiladi.

– BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan 2-maqsad – ochlikni tugatish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Sizningcha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar va Prezident tashabbuslari ushbu global maqsadga erishishga qay darajada xizmat qilmoqda?

– O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Birinchidan, an’anaviy tarzda paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan ayrim yer maydonlari qisqartirilib, o‘rniga sabzavot, dukkakli va poliz ekinlarini yetishtirishga ustuvor ahamiyat qaratilyapti.

Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligida klaster va kooperatsiya tizimlarining joriy etilishi qayta ishlash, saqlash va eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirdi.

Uchinchidan, tomorqa xo‘jaliklariga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar berilmoqda. Bu esa aholining o‘z yerlarida mahsulot yetishtirishi va mahalliy bozorlarni boyitishiga imkon bermoqda.

Bundan tashqari, innovatsion yechimlar va zamonaviy texnologiyalar oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, blokcheyn texnologiyasi joriy etilishi mahsulotlar sifatini nazorat qilish va ta’minot zanjirini shaffoflashtirishda o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston amalga oshirayotgan islohotlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi. 2024 yilda iqtisodiyotda band bo‘lgan 14,3 million nafar aholining 23 foizi, ya’ni 3,3 million nafari qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritgan. 2024 yilda O‘zbekiston Global ochlik indeksida 22-o‘rinni egallab, beshdan past ball to‘pladi, bu mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan siyosat va amaliy chora-tadbirlarning samaradorligini tasdiqlaydi.

Respublikadagi agrar islohotlar nafaqat milliy oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki global Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ham muhim o‘rin tutadi. Davlat siyosatidagi innovatsion yondashuvlar, xalqaro hamkorlik va resurs tejovchi texnologiyalar kelgusidagi muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/TlG4toCHTEg" title="Agrar sohada olib borilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘zA muxbiri 

Behruz XUDOYBERDIEV suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Agrar sohada olib borilayotgan islohotlarning xalqaro e’tirofi (+video)