Afrikaning o‘ndan ortiq mamlakatida AQSH va Yevropadan yordam qisqarishi sababli maymun chechagi epidemiyasining oldini olish qiyinlashdi. Afsuski, og‘ir sharoitda mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi virus tarqalishiga qarshi kurashga tayyor emasligi ayonlashmoqda. Kuni kecha “Financial Times” gazetasi shu mavzuga murojaat qildi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus Afrikadagi maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat sifatida baholagan edi.

– Afrika mamlakatlari virus tarqalishi bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, – deyilgan maqolada. – Mablag‘ yetishmasligi sharoitida kasallik bilan kurashga tayyorgarlik yo‘qligi tobora ayonlashmoqda. Bunga so‘nggi payt qit’ada maymun chechagi epidemiyasi holati ortib borayotgani ham yaqqol misol.

В Африке объявили ЧS в области здравоохранения из-за оспы обезьян — РБК

Afrika Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil qit’aning 13 davlatida 21 000 dan ortiq tegishli holat qayd etilgan. Ayni ko‘rsatkich 2024 yil aniqlangan 19 700 holatdan  allaqachon  oshib ketdi.

Tashkilot vakili Ngashi Ngongo so‘zlariga ko‘ra, joriy yil oxirigacha o‘tgan yilgi ko‘rsatkich ikki barobar oshishi mumkin. Qator mamlakatlarda davom etayotgan fuqarolar urushi ham muammoni kuchaytirib, jumladan dori-darmon ta’minoti uzilishi, suv va elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirmoqda.

Оспа обезьян: симптомы, профилактика, лечение, последствия. Sпорт-Экспресс

Maymun chechagi virusi bilan bog‘liq vaziyat ayniqsa Kongo Demokratik Respublikasida keskinlashgan. Ushbu mamlakatda epidemiya boshlangandan beri aniqlangan 70 000 dan ziyod holatning 13 000 ga yaqini tasdiqlangan. Bedavo xastalik 1407 kishining yostig‘ini quritdi.

Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, immuniteti zaif odamlar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Xastalik infeksion isitma, intoksikatsiya, limfa tuguni yiriklashishi va toshma tarqalishi orqali namoyon bo‘ladi. Dastlab inson tanasida pufakchaga aylanadigan dog‘l shaklida paydo bo‘lib, pufak ochilgandan so‘ng yara hosil bo‘ladi. Davolangandan keyin bemor terisida chandiq qoladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yengil holatda kasallik 14-21 kun davom etadi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afrika maymun chechagi bilan kurashmoqda