Afg‘onistonning Parvan viloyati toshqin girdobida qolmoqda
Parvan viloyatiga qarashli Shinvari okrugida yakshanba kuni qo‘qqisdan suv toshqini yuz berdi, natijada kamida 17 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab uylarni suv yuvib ketgan, deb xabar bermoqda xorij ommaviy axborot vositalari okrug rahbari Mulla Xan Moxammad bergan ma’lumotga tayanib.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, yakshanba kuni yoqqan kuchli yomg‘ir natijasida qo‘qqisdan boshlangan toshqin Shinvari okrugida 13 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yana to‘rt kishi qo‘shni Siagurd tamida halok bo‘lgan.
Xabarda shuningdek, bir necha kishi bedarak ketgani haqida aytilmoqda. Umuman, jami qancha odam qurbon bo‘lgani va qancha moddiy zarar ko‘rilgani hozircha aniq emas.
So‘nggi oyda Afg‘onistonda kechgan kuchli jala va uning ortidan kelib chiqqan suv toshqinlari 200 dan ziyod kishining yostig‘ini quritdi.