Afğonistonga 120,8 million dollarlik eksport amalga oşirildi
Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Aʼzam Usmaniy rahbarligidagi delegatsiya rasmiy taşrif bilan Andijon viloyatida böldi.
Özbekiston va Afğoniston davlatlari örtasida iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy va boşqa qator sohalardagi hamkorlik kölami kengayib bormoqda. Ikki mamlakat örtasidagi döstona, özaro manfaatli qöşniçilik munosabatlarni yanada mustahkamlaş, qolaversa, Andijon va Afğoniston hududlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, yangi loyihalarni birgalikda amalga oşirişga qaratilgan işlar olib borilmoqda.
Joriy yilning aprel oyida Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşçiligidagi Andijon viloyati delegatsiyasi Afğoniston bozorini örganiş, mahalliy talabga mos mahsulotlar işlab çiqiş, eksportni kengaytiriş va ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida barqaror hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida Qobul şahri va Xirot viloyatida bölgan edi.


Afğonistonga taşrif doirasida Qobul va Xirot şaharlarida Andijon viloyatida işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasi taşkil etilib, unda qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, quriliş materiallari, şuningdek, uy-rözğor buyumlari va maişiy texnika vositalari, umuman, 200 ga yaqin turdagi mahsulotlar namoyiş etilgan.
Jumladan, Andijon va Xirot viloyati tadbirkorlari iştirokida ötkazilgan biznes-forum doirasida ikki viloyat tadbirkorlari örtasida umumiy qiymati 524 million dollarlik kelişuv va şartnomalar imzolangan edi. Ana şu kelişuvlar doirasida bugungi kunda Afğoniston va Andijon viloyati örtasida savdo aloqalari olib borilmoqda.
Savdo-sotiqni samarali amalga oşiriş maqsadida “Buxoro – Turkmaniston – Xirot” yönalişi böyiça alohida transport logistikasini yölga qöyiş böyiça işlar olib borildi.
Umuman, hamkorlik yölga qöyilganidan keyin ötgan olti oy davomida Andijon viloyatidan Afğonistonga jami 120,8 million dollarlik eksport amalga oşirildi.


Masalan, Afğonistonga neftgaz sanoati yönalişi böyiça «SDK GROUP AND» MÇJ tomonidan 77,4 million, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari yönalişida «Qorgontepa don maxsulotlari» AJ va «Fayz-M Halol Un va Yog'lari» MÇJ tomonidan 15,8 million, kimyo sanoati mahsulotlari yönalişi böyiça "RAVON TARAQQIYOT ORZUSI" MÇJ tomonidan 1 million dollarlik mahsulotlar, şuningdek, 7,9 million dollarlik meva-sabzavot, 4,3 million dollarlik quriliş mahsulotlari eksport qilingan.
Bugungi kunda ham Afğoniston va Andijon viloyati örtasidagi savdo-sotiq hajmi hamda kölamini oşiriş böyiça muayyan işlar olib borilmoqda. Jumladan, Afğoniston qişloq xöjaligi, irrigatsiya va çorvaçilik vaziri örinbosari Sadr Aʼzam Usmaniy rahbarligidagi delegatsiyaning yurtimizga, xususan, Andijon viloyatiga taşrifi ham ana şu yönalişdagi işlarni yanada yuqori bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Taşrifning ikkinçi kunida Afğoniston delegatsiyasi viloyatdagi qator korxonalarda böldi, işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi.
Dastlab mehmonlar Andijon şahrining Eski şahar hududidagi Markaziy dehqon bozorida bölib, bozor faoliyatini közdan keçirişdi.
Şundan söng Oltinköl tumanida taşkil etilgan Mebelsozlik kompleksida böldi, bu yerda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar faoliyati, savdo-sotiq jarayonlari bilan tanişdi.

Mebelsozlik kompleksidagi işlab çiqariş sexlarida yiliga 160 ming dona mebel mahsulotlari tayyorlaş, 10 million dollarlik mahsulot eksport qilinişi belgilangan. Şuningdek, kompleksda mebel dizaynerlik maktabi taşkil etilgan bölib, bu yerda bozor talablari marketingi asosida yangi turdagi, zamonaviy mebellar işlab çiqiladi.
Afğoniston delegatsiyasi Şahrixon tumanidagi paypoq işlab çiqariş korxonasi, şuningdek, “SAXOVAT TEXTIL” trikotaj mahsulotlari korxonasiga taşrif buyurdi. Şuningdek, ular Böston tumanidagi sut va sut mahsulotlari işlab çiqaruvçi "Rashk-Milk" korxonasi faoliyati bilan tanişdi.

Baliqçi tumanidagi «Sokin savdo servis» korxonasiga taşrif davomida esa delegatsiya klaster korxonada ona tovuq va tuxum yetiştirişdan tortib, inkubatsiya tuxumlari oliş, jöja çiqariş hamda parranda boqişgaça bölgan jarayonlarni közdan keçirdi. Uşbu yirik parrandaçilik klasteri kuniga 200 mingta tovuqni qayta işlaş, 400 tonna parranda göştini qadoqlaş imkoniyatiga ega.
Keyingi manzil uşbu tumandagi “Çinobod real biznes” MÇJ korxonasi böldi. Bu yerda olib borilayotgan işlar Afğoniston mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Uşbu korxonada maxsus hovuzlarda intensiv usulda yiliga 2,5 million dona baliq çovoqlari, 200 tonna baliq göşti yetiştiriladi. Korxonada Qirğiziston, Tojikiston va Afğoniston davlatlariga 2 million dollar qiymatdagi forel çavoğini eksport qiliş rejalaştirilgan.

Tumandagi Sarnovul mahallasida issiqxonalar taşkil etiş, tomorqadan unumli foydalaniş borasidagi işlar bilan tanişgan Afğoniston delegatsiyasining Andijon viloyatiga safari yakunlandi.
Afğoniston delegatsiyasi Toşkent şahriga jönab ketdi. Delegatsiyaning mamlakatimizdagi rasmiy safari davom etadi.
Faxriddin Ubaydullayev,
Zuhriddin Umrzoqov (surat),
ÖzA muxbirlari