Afg‘onistondagi ko‘mir konida 10 nafar ishchi halok bo‘ldi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyati Nahrayn tumanida joylashgan ko‘mir konida baxtsiz hodisa yuz berdi, qurbonlar kamida 10 kishi, — deya xabar beradi “Tolo News” telekanali.
2020 yil Bag‘lon yaqinidagi Samangan tumanidagi ko‘mir konida ham 20 nafar ishchi halok bo‘lgan edi.
Ko‘mir konlaridagi avariyalar sonining ortib borayotgani Afg‘onistonda tog‘-kon sanoati xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirni kuchaytirmoqda. Zero, chekka hududlarda qazib olish ishlari, asosan, noqonuniy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
AQSH geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Afg‘onistonda trillionlab dollarlik neft, gaz, litiy va boshqa nodir metallar, minerallar mavjud. Mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli tabiiy boyliklarning katta qismidan foydalanilmayapti.