Afg‘onistonda masjid portladi
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi masjidda juma namozi payti portlash sodir etilgan. Kamida 15 kishi jarohat olgan.
Tolibon muvaqqat hukumati vakillari bomba masjid minbariga o‘rnatilganini aytmoqda. Hozircha hech kim terrorchilikni o‘z zimmasiga olmagan.
AQSH boshchiligidagi NATO kuchlari shu yil yozida Afg‘onistonni tark etganidan beri mamlakatda bombali hujumlar asosan Nangarhor viloyatida bo‘lib o‘tmoqda. Ularning aksariyati uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Ma’lumot o‘rnida, 8-15 oktyabr kunlari Qunduz va Qandahor shia masjidida juma namozi vaqtida uyushtirilgan hujumda 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan edi.