Afg‘onistonning Foryob viloyati, Andxo‘y tumanida o‘zbek tili milliy bayrami bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Afg‘onistondagi o‘zbeklar faoli Feruzullox Sirdosh. Uning ta’kidlashicha, tadbirda bir qator shoirlar, yozuvchilar, ustozlar va Afg‘onistonning turli viloyatlaridan kelgan ziyolilar qatnashgan.

So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining o‘tmish tarixi va uning Afg‘onistondagi hozirgi o‘rni haqida gapirib, kelajakda til rivoji uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerakligi to‘g‘risida fikr bildirgan. Tadbir jarayonida o‘zbek milliy taomlari, milliy kiyimlar namoyishi tashkil etilgan. Shuningdek, tadbirda polvonlar va chavandozlar kuch sinashdilar.

Muhammadjon Obidov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston viloyatlarida o‘zbek tili bayrami