Jumadan jumagacha

Hafta tahlili

O‘tgan yakshanba dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezidentlari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Mavjud ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi rejalari bo‘yicha fikr almashildi.

25-26 iyulda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasi avvalgi ikki anjuman – 2018 yil 27 mart kuni bo‘lib o‘tgan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» va 2021 yil 15-16 iyul kunlari o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzularidagi nufuzli anjumanlarning mantiqiy davomi bo‘lganini qayd etish joiz.

Kun tartibidan Afg‘onistonning barqaror tinchlik va xavfsizlikka erishishini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar o‘rin oldi. Qo‘shni davlatda gumanitar inqirozning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, urushdan keyingi milliy iqtisodiyotni tiklashga ko‘maklashish, ko‘p millatli jafokash afg‘on xalqi va butun dunyo manfaati yo‘lida ushbu mamlakatni mintaqaviy hamkorlik jarayoniga jalb etish singari asosiy mavzular keng muhokama qilinib, aksariyat mamlakatlar vakillari tomonidan mushtarak fikr bildirildi.

Toshkent forumi platformasi Afg‘oniston muammosiga doir eng dolzarb masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun qulay imkoniyat yaratganini ishtirokchilar e’tirof etishdi.

O‘tgan yil avgustdan buyon 1 milliard dollar ajratgan AQSH Afg‘onistonga eng yirik gumanitar yordam donori bo‘lgani aytildi. Markaziy bank Afg‘oniston hukumati bilan muzlatib qo‘yilgan davlat mablag‘lari masalasida ham ish olib borayotgani to‘g‘risidagi gap ham birinchi bo‘lib Toshkentda yangradi.

Rossiya ham Afg‘onistonga bug‘doy na neft yetkazib berish uchun muzokara olib borish uchun tayyorligini izhor qildi.

Xitoy bu davlatni Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi ko‘prik”, deya baholab, Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar va G‘arbiy Xitoy va Markaziy Osiyo temir yo‘llari qurilishini dastaklashga hozirligini bildirdi.

Xorijiy ekspertlar Turkmaniston – Pokiston – Hindiston gaz yo‘li qurilishiga vaqt erta ekanini ta’kidlab, bir yil avvalgiga nisbatan mamlakatda xavfsizlik choralari ancha nazoratga olinganiga ishora qilishdi.

G‘arb hali zamon bu davlat bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishgani yo‘q, aniqrog‘i bu ishga qo‘li yetib borgan emas. Yevropaliklar ko‘proq Ukraina inqirozi bilan mashg‘ul bo‘lib qolishdi.

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy ilk bor bunday nufuzli anjumanda ishtirok etib, so‘z oldi. Yurtidagi xavfsizlikni Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va barqarorlik garoviga bog‘ladi.

Mamlakati hududi bundan buyon terror tashkilotlari tomonidan foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, deya bergan bayonoti ancha umidbaxsh holat.

Yoki, hozirgi hukumatning Afg‘onistonni mintaqaviy xab, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik markaziga aylantirish istagi ham ko‘ngillarga ancha taskin beradi.

Mana shunday ulug‘vor rejalar sari, biroz bo‘lsa-da, harakat sezilgan taqdirda afg‘on hukumatining asl maqsadi - barcha davlatlar bilan diplomatik munosabat o‘rnatilishiga yo‘l ochilarmidi?..

Nazarimda, Afg‘oniston mavzusi Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitida ham ko‘tariladi, chunki bu davlat mazkur tuzilmada kuzatuvchi maqomiga ega.

Kuni kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan SHHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi Samarqand sammitiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirganidan darak berdi.

Katta yig‘ilishda O‘zbekistonning bir yillik raislik faoliyatiga baho berildi. Tashkilot doirasida 70 dan ziyod turli-tuman tadbirlar o‘tkazildi.

G‘arb davlatlarida faoliyatiga xolis baho berish o‘rniga, hanuz SHHTning samaradorligiga shubha bilan qarash kayfiyati zohir. Ehtimol, bunga ko‘nikish kerakdir?! Shunday bir gap bor-ku: qancha ko‘p savalasa, shuncha mustahkam bo‘ladi.

Samarqandda SHHTga a’zolik uchun davlatlar tomonidan berilgan bir necha ariza ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Kim xohlaydi, kim xohlamaydi – Tashkilotning bag‘ri keng, kengayaveradi!

O‘tayotgan haftaning dolzarb mavzularidan yana biri AQSH va Xitoy munosabati bilan bog‘liq edi. Jahon afkor ommasining diqqati Prezident Bayden va Rais Si Szinpinning telefon orqali muloqotiga qaratildi.

Vashington va Pekin ma’muriyati matbuot xizmatlari ham telefon suhbati tafsilotini to‘la ochib tashlamadi: ikki og‘izdan rasmiy xabar berish bilan cheklandi. Matbuotga bir-birining g‘ashiga tegadigan an’anaviy bayonotlar sizdirishdan ham tiyilishdi bu safar.

Aslida, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat tarangligi ancha yildan beri saqlanib qolmoqda. Donald Tramp Pekinga Xitoydagi ichki milliy nizo bo‘yicha sanksiyani kuchaytirdi. Eng oxirgi chora - Vakillar palatasi spikerining o‘tgan hafta Tayvan oroliga borish rejasi e’lon qilingandan keyin bosimi yana kuchaydi.

Yil boshidan beri beshinchi marta o‘tkazilgan telefon suhbati ham oson kechmagan, chog‘i. Yetakchilar ikki soat-u yigirma daqiqa “dunyo tashvishlari”ni gaplashib olishdi, deb taxmin qilish mumkin, xolos.

Faqat Si Szinpin Baydenga keskin tarzda AQSHning Xitoy ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytib o‘tgani va suverenitet qattiq himoya qilinishini bildirgani aniq.

Yozgi ta’til mavsumi siyosatga ham taalluqli. Xalqaro munosabatda juda yonib turgan mavzu bo‘lmasa, siyosatchilar ham dam olishga haqli.

bugungi gapimiz shu qadar.

Yana xabarlashguncha!

Abror G‘ULOMOV, O‘zA siyosiy sharhlovchisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston, SHHT va AQSH-Xitoy munosabati...