Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara hududida otishmalar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, to‘qnashuvlarda 23 ta pokistonlik askar va 9 nafar afg‘onistonlik halok bo‘lgan. Afg‘onistonning Nangarhor, Helmand va Kunar viloyatlarida hamda Pokistonning Kurram va Chitral tumanlarida o‘qotar qurol va artilleriyadan foydalanilgan

Rasmiy Islomobod Kobulni Pokistonda hujumlar uyushtirayotgan terrorchilarni o‘z hududida yashirayotganlikda ayblamoqda. “Tolibon” esa bu ayblovlarni rad etmoqda.

Payshanba kuni Pokiston Kobul va Afg‘oniston sharqida havo hujumlarini amalga oshirdi. Shanba kuni kechqurun afg‘on qo‘shinlari Pokiston chegara postlariga qarata o‘t ochdi. Ikkala davlat ham narigi tomonning chegara postlarini vayron qilganini da’vo qildi. Hatto Pokiston xavfsizlik idoralari vakillari afg‘on postlariga zarba berilayotgani aks etgan video lavhalarni ham tarqatdi.

Shundan so‘ng, “Tolibon” Mudofaa vazirligi Pokiston havo hujumlariga javoban Dyurand chizig‘i bo‘ylab “Qasos” operatsiyasi o‘tkazganini ma’lum qildi. Kobul Pokiston Afg‘oniston havo hududini buzganini va payshanba kuni mamlakat hududidagi bozorlardan birini bombardimon qilganini da’vo qilmoqda.

Pokiston ichki ishlar vaziri Muhsin Naqviy Afg‘onistonni tinch aholiga qarata o‘q uzishda aybladi. U Pokiston Qurolli kuchlari “Tolibon” tomonidan berilgan zarbalarga javob qaytarishidan ogohlantirdi.

Qiziq jihati, Kobul bugun Qatar va Saudiya Arabistoni iltimosiga ko‘ra hujumlarni to‘xtatganini bildirdi. 

– Afg‘on hududining hech bir qismida tahdid yo‘q, -dedi “Tolibon” ma’muriyati vakili Zabihulla Mujohid.

Xabarlarda yozilishicha, ayni paytda Pokiston Afg‘oniston bilan 2600 km chegara bo‘ylab o‘tish joylarini yopgan, bu 1893 yilda inglizlar tomonidan tuzilgan “Dyurand chizig‘i” deb nomlanuvchi bahsli chegara hudud hisoblanadi.

Chegaradagi asosiy hujumlar “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiyning Hindistonga safari chog‘ida yuz berdi. Juma kuni Hindiston munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risida e’lon qildi, ammo bu holat Islomobodda xavotir uyg‘otmoqda.

O‘.Alimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Afg‘oniston – Pokiston chegarasida to‘qnashuv: qurbonlar bor