Afg‘on urushi jangchi-faxriylariga ehtirom ko‘rsatildi
Afg‘on urushining tugaganiga 36 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, urush jarohatlari haligacha minglab vatandoshlarimiz qalblarini tirnab kelmoqda. Shirin shahar hokimligi tashabbusi bilan Shirin shahrida O‘zbekiston "Veteran" faxriy jangchilar va nogironlari birlashmasi tashkil topganning 31 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga baynalmilalchi jangchilar va ularning oila a’zolari taklif etildi. Unda Sirdaryo viloyat prokurori Savid Imatov ishtirok etib, baynalmilal jangchilarni ushbu tarixiy kun bilan tabriklab, kelajak avlod, unib-o‘sib kelayotgan yoshlar uchun jangchilarning mardligi va jasorati, shijoati hamisha o‘rnak va namuna bo‘lib qolishini ta’kidladi.
[gallery-21771]
Afg‘oniston tuprog‘ida tinchlik uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasi yod etilib, shahar madaniyat bo‘limi tomonidan baynalmilal jangchilar, ularning qahramonliklari aks etgan teatrlashtirilgan chiqishlar namoyish etildi.
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari