O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

f a r m o n i

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlar tortishuvi prinsipining lozim darajada ishlashini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirildi, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.

Shu bilan birga, tahlillar ko‘rsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud. Xususan:

birinchidan, surishtiruv va tergov organlarining ayrim xodimlari tomonidan advokatlar o‘zlarining ishonch bildiruvchilari (himoyasi ostidagilari) oldiga kirishlariga yuzaki sabablarga ko‘ra to‘sqinlik qilinmoqda, bunday holatlarda advokatlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishning amaldagi mexanizmlari advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlarining samarali oldini olishni ta’minlamayapti;

ikkinchidan, advokatlarning jismoniy va yuridik shaxslar huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish uchun turli tashkilotlarga yo‘llayotgan so‘rovlari ko‘p hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan e’tiborsiz qoldirilmoqda, advokat so‘rovini ko‘rib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bilaturib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagan;

uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining (keyingi o‘rinlarda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketgan, uning advokatlar bilan o‘zaro hamkorligi statistika yig‘ish bilan cheklanib qolmoqda hamda ortiqcha byurokratiyadan iborat bo‘lmoqda;

to‘rtinchidan, advokatlik tuzilmalarining amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari yuridik xizmatlar ko‘rsatish bozorida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilmayapti, yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish advokatlik faoliyatidan ajratilmaganligi sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

beshinchidan, advokatlik faoliyatini litsenziyalash tizimi yuridik amaliyotning tegishli sohalarga bo‘linishini hisobga olmaydi, bu esa advokatlik kasbining ixtisoslashuviga salbiy ta’sir etmoqda;

oltinchidan, advokatlik litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish masalalarini ko‘rib chiqishda salmoqli ma’muriy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmoqda, natijada advokaturaning erkinligi va mustaqilligiga putur yetmoqda;

yettinchidan, bilimi yetmasligi, o‘zining kasbiy majburiyatlariga vijdonsiz munosabatda bo‘lishi sababli advokatlar tomonidan Advokatlarning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodini buzish hollari ko‘plab uchramoqda, bu esa ishonch bildiruvchilarning (himoya ostidagilarning) noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida:

1. Belgilab qo‘yilsinki, 2018 yil 1 iyuldan boshlab:

advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi, advokat tomonlardan birining vakili bo‘lgan holatlar bundan mustasno;

advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi;

litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytiriladi;

sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qiladi;

faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha qayta attestatsiyadan va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etgan holda amalga oshiriladi;

advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaati bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi;

advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartiriladi.

2. Belgilab qo‘yilsinki:

advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib qolinishi shart;

advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak;

advokatlarning malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun so‘rovlari so‘rov qabul qilingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno;

advokatlik byurolarini ta’sis etgan advokatlar o‘z faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda o‘zlariga tegishli bo‘lgan turar joylarida amalga oshirishlari mumkin, bunda ushbu turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish uchun noturar joy toifasiga o‘tkazish talab qilinmaydi;

advokat so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2018 yilning 1 avgustidan boshlab quyidagi tartibni joriy etgan holda huquqiy maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar doirasini kengaytirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:

tijorat tashkilotlari yuridik maslahat xizmatlarini litsenziya olmasdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirishi mumkin. Bunda qayd etilgan tashkilotlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarda vakillik qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar;

advokatlik tuzilmalari yuridik maslahat xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq amalga oshiradi.

Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmasdan umumiy talablarni nazarda tutgan holda Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Advokatura institutini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Advokatlar palatasiga:

zamonaviy talablar, mazkur Farmonning maqsad va vazifalariga muvofiq advokatura faoliyatining kafolatlarini amalda ta’minlash, advokatlik tuzilmalari va advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratgan holda o‘z ishini qayta yo‘naltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;

Advokatlar palatasi huzurida malakali yuridik yordam ko‘rsatish standartlari va boshqa advokatlik faoliyati standartlarini ishlab chiqish, Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qo‘llash bo‘yicha Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari, barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiy bo‘lgan tushuntirishlar berish, shuningdek, advokatlik faoliyatining yuksak standartlarini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradigan Etika komissiyasini tuzish;

advokatura tizimida ish stajiga ko‘ra malaka komissiyalarining xulosalari asosida Advokatlar palatasi raisi tomonidan beriladigan advokatlarning malaka darajalarini ta’sis etish;

Advokatlar palatasi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligi, shu jumladan uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati shaffofligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlik tuzilmani avtomatik ravishda belgilovchi, bir advokatning qayta-qayta jalb etilishiga, uchinchi shaxslarning bu jarayonga aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan yangilangan tartib va mezonlarni belgilash tavsiya etilsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Advokatlar palatasi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:

advokatlik maqomini olish uchun malaka imtihoni jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, shu jumladan zarur hujjatlarni onlayn tartibda topshirish imkoniyatidan foydalanish, ularning ro‘yxatini maqbullashtirish va imtihon jarayonini Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida translyatsiya qilish;

advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatishni (pro bono) rivojlantirish;

advokatlar tomonidan o‘z ishonch bildiruvchilari (himoya ostidagilari)ga sifatli yuridik yordam ko‘rsatish uchun xorijiy davlatlar organlariga so‘rov yuborish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rsin.

7. Belgilab qo‘yilsinki:

advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Advokatlar palatasi bilan kelishilishi shart;

Advokatlar palatasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish bo‘yicha majlislarida ishtirok etish va ularga doir fikr bildirish huquqiga ega;

advokatlarga nisbatan intizomiy ish yurituvi faqat tegishli malaka komissiyalari yoki Oliy malaka komissiyasi qarori bilan qo‘zg‘atilishi mumkin.

8. Surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari advokatlik faoliyatiga har qanday shakllarda, shu jumladan ishonch bildiruvchi (himoya ostidagi) shaxs bilan uchrashish huquqini cheklash orqali to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ogohlantirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi aybdor mansabdor shaxslarga, avvalo, surishtiruv va dastlabki tergov organlari mansabdor shaxslariga eng qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rgan holda, advokatlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlarning so‘zsiz ijro etilishi ustidan prokurorlik nazoratini kuchaytirsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

advokatlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam ko‘rsatilishida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga oid amaliyotni o‘rganish va umumlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda jinoiy va ma’muriy ish yuritish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni hal qilishda jismoniy va yuridik shaxslar himoyaga bo‘lgan huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsin;

advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqsin hamda jismoniy va yuridik shaxslarning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar kiritib borsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik

va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                        SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 12-may

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida