Advokatura faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda prokuraturaga oid normalar qanday alohida bobda aks ettirilgan bo‘lsa, xuddi shunday advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu o‘z navbatida tarixiy ahamiyatga ega voqelik sifatida baholanadi. Zero, bu orqali ayblov va himoyaning tom ma’noda tengligini ta’minlash uchun mustahkam konstitutsiyaviy asosdir.
Konstitutsiyada belgilanayotganidek, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam berishi uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmoqda. Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi.
Advokatura faoliyatini tashkil etish va uning tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda, uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘sqinliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Eng muhimi, advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi.
O‘zA