Andijon davlat universitetida advokatlik faoliyatni yuritishda yuzaga kelayotgan sun’iy to‘siqlar, asossiz cheklashlar, umuman, ushbu faoliyatni yuritish bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti hamda viloyat advokatlar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda advokatlik faoliyati bilan bog‘liq qator masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Muloqotda keyingi yillarda mamlakatimizda advokatlar maqomini ko‘tarish, vakolatlarini kengaytiriish, ular xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar qonuniy himoyasini kuchaytirish, tergov jarayonlarini odil va shaffof o‘tishini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

Tadbirda mavzu doirasida mutaxassislarning qiziqarli ma’ruzalari tinglandi. Advokatlar tomonidan jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq ta’qiblar, asossiz cheklashlar yuzaga kelayotganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, advokatlarning hibsxonaga kirib-chiqishida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning himoyasi ostidagi shaxslar bilan uchrashuvlarni qonuniy tartibda amalga oshirishda zarur sharoitlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Ishtirokchilar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, advokatlar faoliyatini qonunlar doirasida yuritilishini ta’minlash, advokatlik xizmati sifatini oshirish, aholining ushbu faoliyat bilan bog‘liq huquqiy tushuncha va bilimlarini boyitish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 
Savol-javob tarzida o‘tgan ochiq muloqotda advokatlar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar mutasaddi idoralar tomonidan alohida nazoratga olinadigan bo‘ldi.

F.UBAYDULLAEV,
Z. UMURZOQOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Advokatlar taklif va e’tirozlari nazoratga olindi