Shu yilning fevral oyida Samarqand shahridagi “Shafqat” advokatlar hay’ati advokati, 1996 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan O.H fuqaro M.M.dan aliment undirish bilan bog‘liq masalasini MIBdagi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 600 AQSH dollari talab qilgan.
Shuningdek, advokat M.M. rahbarlik qilib kelayotgan “Bog‘izog‘on tomorqa xizmati” MCHJga nisbatan soliq idorasi tomonidan qo‘llanilgan 94 million so‘mlik soliq to‘lovlarini iqtisodiy suddagi tanishi orqali kamaytirib berish evaziga 800 AQSH dollari so‘ragan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tadbir davomida advokatning bu "ishlari"ga nuqta qo‘yildi. O.H. 1,4 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozir ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.
G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri