O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Fatxiddin Fazliddinovich Muxiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;
Xusniddin Kamalitdinovich Xashimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti Administratsiya faoliyatining axborot ta’minoti sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi;
O‘lug‘bek Rauf o‘g‘li Normatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi jamoat fikrini o‘rganish va tahlil qilish sho‘’basi yetakchi konsultanti lavozimidan ozod etildi;
Ulug‘bek Shuxratjonovich Xusainov Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;
Oybek Ulugbekovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishlar boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti xo‘jalik faoliyati sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.