Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Ota-onalar kuni” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir doirasida xodimlarning ota-onalari boshqarmada mehnat qilish sharoiti, farzandlarining ish joyi va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDYO va davlat xizmatlari markazlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning ota-onalari ishtirok etdi. Ular uchun maxsus ekskursiya tashkil etilib, boshqarmadagi ish muhiti, moddiy-texnika bazasi va xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar namoyish etildi.

Ayni paytda Sirdaryo viloyat adliya tizimida jami 223 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Ulardan 18-30 yoshdagi yosh mutaxassislar soni 45 nafarni, 30-40 yoshdagilar  64 nafarni, 40-60 yoshdagilar  76 nafarni, 60 yoshdan  oshganlar esa 3 nafarni tashkil etadi.

Tadbirda boshqarma rahbariyati tomonidan samarali faoliyati alohida e’tirof etilgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorlik bildirildi. Shuningdek, adliya tizimi  huquqshunos kadrlar uchun hayot maktabi ekanligi ta’kidlandi.

“Ota-onalar kuni” tadbiri xizmatchilarning ota-onalariga farzandlari mehnat qilayotgan tizim faoliyati, uning imkoniyatlari va kadrlarga bo‘lgan e’tibor haqida to‘liq tasavvur berishga xizmat qildi. Tadbir samimiy muloqot  kayfiyatida o‘tdi.

G‘ulom Primov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliyada “Ota-onalar kuni”