Qonuniylikni ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish va huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish yo‘nalishlarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu savolga Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi:  

– Qonunlar buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 3 mingdan ziyod taqdimnoma kiritildi. Natijada 3 ming 830 nafar shaxs ma’muriy, 1 ming 169 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. Sudlarga 189 milliard so‘mga yaqin 3 mingdan ortiq da’vo (ariza)lar kiritildi.  

Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 128 mingdan ortiq targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan 1,76 milliondan ziyod hujjat loyihasi  bo‘yicha huquqiy xulosalar berildi.  

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga 4,3 milliondan ortiq xizmat ko‘rsatildi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni va bosqichlari soddalashtirilishi natijasida o‘rtacha xizmat ko‘rsatish vaqti 7,5 daqiqani tashkil etmoqda.  

19 ming 858 yuridik shaxs, 53 ming 314 yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari soni 355 taga yetkazildi.  

Adliya vazirligi tashabbusi bilan 63 normativ huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi. 500 dan ortiq qonunchilik hujjati loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Shuningdek, 51 idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.  

Vazirlikka yuborilgan 35 mingdan ortiq murojaatning 76 foizi qonuniy hal etildi. Fuqaro va tadbirkorlar manfaatida kiritilgan ta’sir choralari natijasida 538 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘i undirib berildi.  

FHDYO bo‘limlari tomonidan 312,5 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatildi. 207 ming 263 tug‘ilish, 45 ming 199 o‘lim qayd etildi. 48 ming 615 nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 11,5 mingga yaqin nikoh bekor qilindi.  

15 mingdan ziyod intellektual mulk ob’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Sohadagi jarayonlarni yengillashtirish maqsadida 8 reglament ishlab chiqildi.  

Mintaqaviy brendlarni yaratish maqsadida beshta geografik ko‘rsatkich ro‘yxatga olindi hamda potensial geografik ko‘rsatkichlar ishtirokida ko‘rgazma tashkil etildi.  

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida 263 tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazildi. Natijada respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar soni 9,5 mingdan oshdi. 

Huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasida 1,3 milliondan ortiq notarial harakat amalga oshirildi.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi taqdimnomalari asosida 4 ming nafarga yaqin shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi